Get Mystery Box with random crypto!

#Taqriz Mehmet Olaqosh 'Peshonamdagi nur' Ushbu moʻjazgina | Kitoblarga oshiq link:)

#Taqriz

Mehmet Olaqosh "Peshonamdagi nur"

Ushbu moʻjazgina kitobdan bir olam saboq oldim desam adashmayman.Insonlar xuddi butun umr yashaydigandek, tashvishsiz, beparvo yuradilar.Holbuki, Alloh taolo bizni nega yaratgani, bergan qimmatli vaqtidan qay tarzda, nimalarga sarf qilayotganini fikrlamaydilar.Nega?

Asarda Saljuqbey ismli bosh qahramonning hayoti tasvirlanarkan, kitobxon goʻyo uning oʻrnida boʻlib qolgandek tuyuladi.Yohud undagi voqealar orasida kezadi.

"Peshonamdagi nur" deya nimani nazarda tutayotgan ekan deb rosa ikkilangandim, keyin bilsam, mana shu jumlaning uning peshonasidagi, 6 oydan keyin oʻlishiga sababchi boʻlayotgan oʻsimta ekanligiga amin boʻldim.U nega bunday deb atagani qiziq boʻlsa kerak-a? Mana shu peshonasidagi oʻsimta Alloh taolo tomonidan unga berilgan bir neʼmat edi, biroq u falokat deb oʻyladi.U tufayli oʻzligini, Allohni tanidi, boylik, dunyoga xirsligidan voz kechdi, oilasidagi munosabatlar oʻzgardi.(ijobiy tomonga).U butunlay oʻzgardi.Holbuki, u har bir inson oʻlishini bilardi ammo oʻlim tushunchasini bir marta boʻlsa ham his eta olmagani sababli, unga beparvo edi.Biroq bu unga berilgan yaxshilik ekanligini bilgach, oʻsimta oʻz-oʻzidan yoʻqola boshlashi maʼlum boʻldi.

Kitobda yana bir masala yuzaga chiqqan.Yaʼni "musulmonlar namoz oʻqiydi, ammo namoz oʻqiydigan hamma ham musulmon emas" va "togʻut" tushunchasi.Alloh taologa shirk keltirish mavzusi keng tushuntirilgan.Albatta bu kitobni hamma oʻqishi kerak deb bilaman.

Insonlar boshiga tushgan kulfatlarga gʻam-qaygʻu dasturxonini ochmasin.Nadomat chekmang.Shukur qiling, zero, Alloh taolo sevgan bandasiga sinov beradi.Unga bir yaxshilik yetkazadi.


Taqrizchi: Donaqulova Jasmina

@kitoblarga_oshiq