Get Mystery Box with random crypto!

#Kitoblar_haqida_malumot 'Buyuk Getsbi' asari haqida (2-qi | Kitoblar haqida

#Kitoblar_haqida_malumot

"Buyuk Getsbi" asari haqida (2-qism)

Nick Getsbi bilan Dezini gaplashib olishlari uchun yolg'iz qoldiradi. Getsbining Nickga aytishicha, bundan 5 yil avval Getsbi Deziga telbalarcha oshiq bo'lgan va Dezi ham uni sevgan. Lekin, bu vaqtta Getsbi judayam kambag'al edi. Vaqt o'tib, Getsbi Birinchi jahon urushiga qatnashish uchun ketadi va urush tugaganidan keyin umuman don-daraksiz yoq bo'lib ketadi. Dezi undan xat kutadi. Ammo Getsbidan xabar kelmaganidan keyin Dezi uni urushda o'ldi deb oylaydi va vaqt o'tib Tomga turmushga chiqib ketadi. Endi esa uzoq ayriliqdan keyin sevishganlar yana uchrashishdi.
Mana shu voqeadan keyin Getsbi bilan Dezi tez-tezdan uchrasha boshlashadi va bu ularning sevgisini yanada kuchaytiradi. Lekin, Tom Getsbi bilan Dezining xilvat uchrashib yurganini bilib qoladi va Dezini qizg'anib Getsbini sharmanda qilish uchun uning o'tmishi haqida bilib olishga intiladi.
Bir kuni Getsbi bilan Dezi Tomga hamma haqiqatni aytishga kelishib olishadi. (Ya'ni, Dezi Tomga 5 yildan beri Getsbini sevib kelganini, uni unita olmaganini va Tomni esa hech qachon sevmaganini aytishi kerak edi). Vaqt o'tib, haqiqatni aytadigan kun kelganida Dezi haqiqatni aytishga jur'at eta olmaydi va Tomga shaharga borib aylanib kelaylik deb gapni boshqa yoqqa burib yuboradi. Tom ham bu taklifga rozi boladi. Tom, Getsbi, Dezi va Nik katta shaharga mashinada yol olishadi. Ular shahardagi mehmonxonaga joylashishadi va kutilmaganda Getsbining o'zi Tomga hamma haqiqatni aytadi. Deziga esa uning gapini tasdiqlashini aytadi. Dezi Getsbining "benuqson"ligiga ushonib Getsbining gaplari haqiqatligini aytadi. Lekin, Tom bunday qaltis holatta ham o'zini qolga ola biladi va unga o'tmishi haqidagi savollar bilan hujum qila boshlaydi. Ya'ni, Getsbi kim o'zi? Nasl nasabi nima? Xaqiqattanam Oxford universitetida oqiganmi? Qanday qilib shunchalik kam vaqt ichida shunday katta boylik toplash mumkin? Lekin, Tom o'zi bergan savollarga o'zi javob beradi, ya'ni, Dezi benuqson, jentelmen sifatida tasavvur qiladigan Getsbi aslida narkotik ichimlik savdosi bilan shug'ullanadigan va narkotiklar orqali boylik orttirgan jinoyatchi sifatida ta'riflaydi va buni isbotlab ham beradi. Tom bu gaplar bilangina kifoyalanmay unga yana boshqa yoqimsiz gaplarni aytadi. Getsbining esa bundan jahli chiqadi va o'zini tutib tura olmay Tomga hujum qiladi. Dezining esa bu voqealardan qalbi o'ksib xonadan yig'lab chiqib ketadi. Getsbi esa Dezini yupatish uchun uning ketidan yugiradi. Dezi Getsbiga uyga qaytishni xohlashini, lekin mashinani Getsbi emas o'zi boshqarishini aytadi. (Dezi Getsbiga agar mashina haydasa o'zini ancha yengil his qilishini aytgandi). Getsbi ham bunga rozi boladi, lekin bu arzimas xolatdek tuyulgan narsa ularning umrini tubdan o'zgartirib yuborishini ular bilmas edi. (Asarning qolgan qismi keyinroq kanalga joylanadi)


Kitobni Pdf shaklda oqish

Kanalimizga obuna bo'ling!
https://t.me/+kqyZ5LMrgukwYzUy