Get Mystery Box with random crypto!

#Kitoblar_haqida_malumot 'Buyuk Getsbi' asari haqida (3-qi | Kitoblar haqida

#Kitoblar_haqida_malumot

"Buyuk Getsbi" asari haqida (3-qism)

Ular uyga qaytib kelayotganida Tomning jazmani va Uilsonning xotini hisoblanmish Mirtlni mashinada urib ketishadi. Mirtl shu joyning o'zida vafot etadi. Tom, Nick va Jordan o'z mashinalarida uyga qaytishayotganida yolda odamlarni to'planib turganini ko'radi. Ular nima bo'lganini bilish uchun mashinadan tushishadi va o'lgan Mirtlning jasadini ko'rishadi. Tom manashu mudxish vaziyatni o'z manfaati yolida foydalanmoqchi bo'ladi, ya'ni u Getsbidan qasos olish maqsadida Uilsonga uning xotinini Getsbi o'z mashinasida urib ketganini aytadi. Uilson esa bu gapni eshitib, Getsbining yoniga borib uni o'ldirishga ont ichadi.
Dezi uyiga qaytadi, hozir u butunlay tushkunlikka tushib qolgan va hozir unga da'lda beradigan odam kerak. Bunday holatta, Tom Dezining oldiga borib, uning dardiga sherik bo'lib, u bilan yarashib oladi. Nick esa bu vaqtta Tomning uyining bog'ida aylanib yurgan edi va u to'sattan bog'ning ichida Getsbini ko'rib qoladi. Ular hardoimgidek iliq ko'rishadi va Getsbi Nickga Mirtlni Dezi urib yuborganini ammo, agar buni politsiyachilar bilib qo'lishsa bu jinoyatni o'z bo'yniga o'lishini aytadi va uyiga qaytib ketadi. Ertasiga Getsbini o'zining uyidagi hovuzda suzib yurganida uning yoniga Uilson qasos olish uchun keladi. Getsbi hovuzdan chiqqan paytida Uilson uning yuragiga pistoleta yordamida oq uzadi va Getsbi afsuski shu joyning o'zida halok bo'ladi. Uilson ham o'z pistoletasi yordamida o'z-o'zini otib o'ldiradi. Mana shunday qilib, asar shunday ayanchli yakun topadi.


Kitobni Pdf shaklda oqish

Kanalimizga obuna bo'ling!
https://t.me/+kqyZ5LMrgukwYzUy