Get Mystery Box with random crypto!

#Kitoblar_haqida_malumot 'Buyuk Getsbi' asari haqida (1-qis | Kitoblar haqida

#Kitoblar_haqida_malumot

"Buyuk Getsbi" asari haqida (1-qism)

Buyuk Getsbi----amerikalik yozuvchi Frensis Skot Fitgerld qalamiga mansub asar. Asarda bosh qahramon mavjud emas, lekin bu asar Nick Karvelyuning hikoyasi bo'lgani uchun uni asosiy qahramon sifatida ta'n olamiz. Muallif bu asarda Nickning Getsbi bilan o'tgan sarguzashtlari haqida yozgan. Asar syujetida Nick o'zining eng yaqin do'sti Tomni ko'rish uchun uning uyiga boradi. Tom o'zining shahridagi eng boy odamlardan biri edi. Nick Tomning uyiga bo'rganidan keyin u bilan va uning xotini Dezi bilan iliq ko'rishadi. Nick Tomning uyida Dezining dugonasi Jordan bilan tanishadi. Kechqurun Nick, Tom, Dezi va Jordan birga ovqatlanishadi. Lekin bu ovqatlanish yaxshi kayfiyatda o'tmaydi. Ya'ni, Jordan bilan Nick ikkalasi stol atrofida yolg'iz qolishganida, Jordan Nickka Tomning o'ynashi borligi, Tomning Uilson ismli do'stining xotini Mirtl ismli qizni sevib qolganini aytib beradi (Dezi ham buni biladi). Bir kuni shaharning eng boy odamlaridan biri Getsbi Nickni kechqurun o'zining uyida bolib o'tadigan ziyofatga taklif qiladi. Nick ziyofatga boradi va Getsbi bilan tanishib oladi. Nickning aytishicha, Getsbi judayam kelishgan, aqlli, muomalaning va kiyinish madaniyatining choqqisiga erishgan, hozirjavob inson sifatida ta'riflaydi. Lekin bir kuni Nick Getsbining Tomning xotini Dezini sevib qolganini bilib qoladi. Ertasiga Getsbi Nickning kichkinagina uyiga tashrif buyuradi. (U Nickning yoniga Dezi bilan tanishishi uchun yordam sorash uchun kelgan edi). Nick uning nima uchun kelganligini darrov tushunadi va yordam berishga ro'zi boladi. Nick bilan Getsbi ikkalasi bu borada reja tuzib olishadi. (Ya'ni: Nick Dezini uyiga taklif qilishi kerak edi va Nick va Dezi ikkalasi uyidaligida uyga Getsbi mehmon sifatida kirib kelishi kerak va Dezi bilan tanishib olishi kerak edi reja boyicha). Uchrashuv vaqti bo'ladi va Dezi Nickning taklifiga binoan uning uyiga keladi va ikkalasi iliq ko'rishib, maroqli suxbat qurishayotganida, to'sattan eshik ta'qillaydi. Uyga huddi rejadagidek Getsbi kelgan edi. Nick Getsbini uyiga kirishga taklif qiladi va uni Dezi turgan xonaga boshlab boradi. Ammo, Getsbi Dezini ko'rganida ma'lum bo'ladiki ular bir-birlarini birinchi bor ko'rishlari emas, ular huddi bir-birlarini uzoq vaqtdan beri ta'niydi. (Asarning davomi keyinroq kanalga joylanadi)

Kitobni Pdf shaklda oqish

Kanalimizga obuna bo'ling!
https://t.me/+kqyZ5LMrgukwYzUy