Get Mystery Box with random crypto!

#Kitoblar_haqida_malumot 'Choqintirgan ota' asari haqida ( | Kitoblar haqida

#Kitoblar_haqida_malumot

"Choqintirgan ota" asari haqida (2-qism)

AQShda amalga kirgan "Quruq qonun", ya'ni alkogol ishlab chiqarish va sotish taqiqlangan davrlarda Vito savdo uyi orqali spirtli ichimliklar kontrabandasi bilan shug'ullanadi. "Quruq qonun" bekor qilingach esa kazinolar biznesiga o'tadi. Yillar o'tgani sayin uning boyligi ortib boraveradi va juda ko'p odamlarni ish bilan ta'minlaydi, ularni politsiyadan himoya qilib, yashashlari uchun yaxshi sharoitlar qilib beradi. Odamlar uning hurmati oshgani sa'ri uni "Don" unvonini qoshib atay boshlaydi va uni "Choqintirgan ota" deb hurmat qila boshlashadi (endi uning ismi Don Korleone). Vaqtlar o'tadi, endi Don Korleonening 4 farzandi bor va bundan tashqari u Tom Xeygen ismli yetim bolani ham asrab oladi. Donning katta og'li Santino 16 yoshdan boshlab otasining qo'lida ishlay boshlaydi. Keyinchalik uning ikkinchi og'li Frederiko va o'gay og'li Tom ham otalariga yordam bera boshlaydi. Tashqi dunyoda "Ikkinchi jahon urishi" bolayotgan bo'lsa ham Donning olib borgan ishlari natijasida Amerika jinoyat olamining ichki dunyosi boshqa davlatlarga qaraganda nisbatan tinch edi. Donning ishlari juda tezlik bilan rivojlanib bormoqda edi. Bir kuni, Filipp Tattalya va Virgilio Solotsso oilalari Don Karleonega birgalikda narkobiznes bilan shug'ullanishni taklif qiladi, ammo Don bu taklifni rad etadi, chunki bu uning prinsiplariga zid edi.
Uch oydan so'ng Donning hayotiga suiqasd uyushtiriladi. Qotillar yashirinishga muvaffaq bo'ladi. Suiqasd chog'i Donning tansoqchisi bo'lib ishlayotgan o'rtancha og'li lapashang Frederiko qorqib ketganidan hatto qurolini ham chiqara olmaydi. Solotssoning odamlari Donning asrab olgan og'li Tomni asrga oladi va unga Don Korleone o'ldirilganligini va uning katta og'li Santino esa yangi boshliq (mafiya) bo'lib, narkotik savdosini yo'lga qoyishi kerakligini aytishadi. Ammo, yangi xabarlar keladi: beshta o'q yegan bo'lsa-da, Don Korleone hali tirik edi. (Asarning qolgan qismi keyinroq kanalga joylanadi)


Kitobni Pdf shaklda oqish

Kanalimizga obuna bo'ling!
https://t.me/+kqyZ5LMrgukwYzUy