Get Mystery Box with random crypto!

#Kitoblar_haqida_malumot 'Choqintirgan ota' asari haqida (1 | Kitoblar haqida

#Kitoblar_haqida_malumot

"Choqintirgan ota" asari haqida (1-qism)

Choqintirgan ota----amerikalik mashhur yozuvchi Mario Pyuzoni dunyoga tanitgan asar. Roman 1969-yilda chop etilgan. Asar AQShdagi o'ta nufuzli jinoyiy guruh haqida hikoya qiladi. Asar syujetida 12 yoshli Vito Andoloning otasini qandaydir mafiya o'ldirib ketadi. Osha mafiya keyin Vitoni ham taqib qilishni bo'shlagach, yaqinlari uni Amerikaga jo'natib yuborishadi. Vito AQShga kelgach, o'z familyasini Korleone deb o'zgartiradi. AQSh da u do'sti Jenko Abandondoning otasini dokonida ishlay boshlaydi. Vito 18 yoshga kirib bo'lib, uylanadi. Uylangach 3 yildan so'ng og'il farzand ko'radi va unga Santiago deb ism qoyadi. Vaqt o'tib ikkinchi og'il Fraderiko ham tug'iladi. Vaqt o'tib, Jenkoning otasi Vitoni ishdan bo'shatadi va uning o'rniga o'z jiyanini qoyadi. Ishsiz qolgan Vito hayotning bunday adolatsizligiga chiday olmaydi va oilasini boqish uchun do'stlari Klemanso va Tessio bilan birgalikda ipak ko'ylaklar tashuvchi yuk mashinalarini o'marish maqsadida birlashadi. Bu tovlamachilikdan kelgan puldan o'z ulushini talab qilgan Faruchchi ismli reketchini Vito o'tib oldiradi. Buning natijasida xarxil jinoyiy guruhlar orasida uning hurmati oshib ketadi. Shu davrdan boshlab Vito jinoyat olamiga "Mafiya" sifatida kirib kela boshlaydi. Vito eski do'sti Jenko Abandondo bilan birgalikda zaytun moyi sotuvchi savdo uyiga asos soladi. Ularning moyini sotib olishdan bosh tortgan dokonchilar bilan esa Klemanso va Tessio shug'ullana boshlaydi. Vitodan norozi bo'lgan odamlar esa sirli ravishda yoqolib qoladi yoki do'konlari yonib ketadi. (Asarning qo'lgan qismi keyinroq kanalga joylanadi)

Kitobni Pdf shaklda oqish

Kanalimizga obuna bo'ling!
https://t.me/+kqyZ5LMrgukwYzUy