Get Mystery Box with random crypto!

#Kitoblar_haqida_malumot 'O'gay ona' asari haqida O'gay o | Kitoblar haqida

#Kitoblar_haqida_malumot

"O'gay ona" asari haqida

O'gay ona----turk adabiyotining zabardast vakili Ahmad Lutfiy Qozonchiga mansub asar. Asar bosh qahramoni Fotima ismli qiz. Asar syujetida juda go'zal, tarbiyada ham, odobda ham, husnda ham tengsiz bo'lgan 19 yoshli Fotima xotini vafot etgan, 2 nafar farzandli erkakka o'z xohishi bilan turmushga chiqadi. Bunga barcha qarshi bo'lsada, u o'z qarorida qatiy turadi. Sababini esa: "Bir yetimning bo'shini silamoq----payg'ambarimizga qilingan yaxshilikdir, zero ul zot ham yetim bo'lganlar" deb izohlaydi. Fotima bu ishlarni yolg'iz Allohning rizoligi uchun qiladi. Yangi xonadondagi bolakaylar----Xusayn va Odila ham uni onalaridek qabul qiladilar. Shundan so'ng, Fotima har jihatdan, ham ona, ham rafiqa, ham soliha ayol sifatida hammaning mehrini qozonadi. Farzandlariga diniy va dunyoviy bilimlar beradi. Hatto turmush ortog'i Odilbekka Qur'onni o'rgatadi. Fotimaning tarbiyasiga, odobiga har qanday inson havas qilsa arziydi. Uning insoniyligini yaqqol namoyon qilgan narsa---- marhum Xayriyaxonga hurmatidir. Odilbekning ham shu sabab Fotimaga nisbatan mehri oshadi. Fotima Xusaynning ta'lim va tarbiyasiga juda qattiq etibor beradi va uni imom Xatib maktabida oqitadi. Vaqt o'tib, Xusayn juda ilmli, go'zal tarbiyali yigit bo'lib voyaga yetadi. Odilani qo'shni Ismoilga (Ismoil kichikligida o'gay ona zulmini ko'rgan) turmushga beradi. Asardagi eng asosiy g'oya onalarning hammasi ham yomon emas, Fotima singarilari ham uchraydi.

Kitobni Pdf shaklda oqish

Kanalimizga obuna bo'ling!
https://t.me/+kqyZ5LMrgukwYzUy