Get Mystery Box with random crypto!

KIMYO BIOLOGIYA | QUIZ TESTLAR UZ

Telegram kanalining logotibi kimyo_biologiya_dtm_quiz_testlar — KIMYO BIOLOGIYA | QUIZ TESTLAR UZ K
Telegram kanalining logotibi kimyo_biologiya_dtm_quiz_testlar — KIMYO BIOLOGIYA | QUIZ TESTLAR UZ
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.10K
Kanalning ta’rifi

✯ DTM va quiz testlar
★ Qiziqarli ma’lumotlar
🌪 Eng sara va soʻngi quiz testlar birinchi bizda keyin qolgan-qutganlarda
🩺 Ega – @Rakhimov_Bekzod
📚 Ilm oling: @AbituriyentBot
💬 Guruhimiz: @Kimyo_biologiya_gr
📈 Reklama uchun – @reliable_agency

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-02-01 15:17:25 Davriy qonun va qonuniyatlar:

Davrlarda va har bir davrning qatorlarida chapdan o‘ngga o‘tish
bilan:
1) yadro zaryadi va atom og‘irligi ortadi;
2) atom radiusi kamayadi;
3) metallik xossasi kamayadi;
4) elektron berishi kamayadi;
5) metallmaslik xossasi kuchayib boradi;
6) kislorodga nisbatan valentligi ortib boradi.
7) IV gruppadan boshlab, bosh gruppa elementlari uchuvchan
vodorodli birikmalar hosil qiladi: RH4, RH3, RH2, RH
Davriy qonun va qonuniyatlar:

Guruxlarda elementlarning xossalari yuqoridan pastga qarab
o‘tish bilan:
1) atom ogirligi ortadi;
2) solishtirma ogirligi ortadi;
3) qaynash va suyuqlanish temperaturasi kamayadi;
4) yadro zaryadi ortadi;
5) atom radiusi ortadi;
6) elektron qavati ko'payadi;
7) tashqi qavatdagi elektronlarning yadroga tortilishi zaiflashadi;
8) elektron berish xususiyati kuchayadi;
9) metallik xossalari kuchayib boradi

Umumiy Ftor tomonga ortuvchi hossalar
1) Metalmaslik
2) Aktivlik
3) Elektromanfiylik
4) O’ksidlovchilik
5) Kislarodli birikmalarida kislatalilik
6) Birikmalarda barqarorlik
7) Bog’ qutubliligi
8) Qutublovchiligi
9) Elektronga moyillik

Umumiy Fransiy tomonga ortuvchi hossalar.
1) Metallik
2) Aktivlik, aktivlanish energiyasi
3) Atom va ion xajmi
6) Qaytaruvchilik
7) Asoslilik
8) Birikmalarda beqarorlik
9) Birikmalarda bog’ uzunligi
10) Qutublanuchanlik
11) Bog’ qutubliligi, uzunligi

Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
3.8K views12:17
Ochish/sharhlash
2023-01-31 06:05:01 KIMYOVIY ELEMENTLARNi
KASHF QILGAN SHAXSLAR
Tuzdi: ( )
J-1811 yil B.Kurtua( )
F-1771 yil K.V.Sheele( )
Ir - Os-1804 yil S.Tennat( )
Cl-1774 yil K.V.Sheele( )
Y-1794 yil Yu.Gadolin( )
Cr-1797 yil L.Voklen( )
Cd-1817 yil F.Shtromeyer( )
Cs-1861 yil R.V.Bauzen va G.R.Krigoff( )
K-1807 yil X.Devi( )
Zn-Qadimdan ma'lum( )
Ca-1808 yil X.Devi( )
Zr-1789 yil M.G.Klaport( )
O-1769-1774 yil K.V.Sheele
( ) D.Pritsli( )
Co-1735 yil G.Brant( )
Si-1823 yil I.Ya.Berseluis( )
Kr - Xe - Ne-1898 yil U.Ramzey va M.U.Travers( )
La-1839 yil K.G.Mosander( )
Li-1817 yil Yu.Arvedson( )
Mg-1808 yil X.Devi( )
Mn-1774 yil K.V.Sheele,T.U.Bergman,Yu.G.Gan( )
Cu-Qadimdan ma'lum( )
Mo-1778 yil K.V.Sheele( )
As-Qadimdan ma'lum( )
Na-1807 yil X.Devi( )
Ni-1751 yil A.F.Kronstedt( )
Nb-1801 yil Ch.Xatchett( )
Sn-Qadimdan ma'lum( )
Pd-1803 yil U.Vullaston( )
Pt-1738 yil V.Evropiy va A.De.Ul'oa( )
Re-1925-1928 yil V.K.Noddak,I.Take Noddak( )

Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
2.8K views03:05
Ochish/sharhlash
2023-01-30 14:01:54,,7-sinf savollari,,
《MEDIK》 testi
20 ta savol · 15 soniya
4.0K views11:01
Ochish/sharhlash
2023-01-30 06:48:58 Ochiq urug'li o'simliklar

Ochiq urug'lilar
daraxt va butalardan tashkil topgan
ular urug'idan ko'payadi
ularning urug'lari gulli o'simliklarnikiga o'xshab yopiq emas, balki qubbalarining tangachalarida ochiq turganligi uchun ochiq urug'li o'simliklar deyiladi
masalan:
archa
saur
qarag'ay
qoraqarag'ay
sekvoyadendron

Archalar
bo'yi 20 m ga yetadigan, doimo yashil daraxt
barglari juda mayda, yashil rangli, tangachasimon yoki ignasimon

Zafafshon archasi
ikki uyli o'simlik
ayrim archa tuplarining yosh novdalarida mayda qubbachalar bo'lib, ularda juda ko'p miqdorda chang yetishadi
bu qubbachalar changchili qubbalar deyiladi
shu vaqtda archaning boshqa tuplarida uzunligi 0,5-1 sm keladigan sharsimon qubbalar hosil bo'ladi
bu qubbalar urug'kurtakli (urug'chili) qubbalar deyiladi
urug'chili qubbalarning
tangachalarida urug'kurtak
urug'kurtakda arxegoniy
arxegoniyda tuxum hujayra yetiladi

Ko'payish jarayoni

changchi qubbachalarida yetilgan chang boshqa tupda yetilgan urug'chi qubbalariga kelib tushadi va uni changlantiradi
urug'kurtakka tushgan chang donasining vegetativ hujayrasi o'sib chang nayini hosil qiladi
generativ hujayradan hosil bo'ladigan spermiylardan biri arxegoniydagi tuxum hujayrani urug'lantiradi
urug'langan tuxum hujayradan murtak,
urug'kurtakdan urug' rivojlanadi
urug'lanishdan so'ng urug'chi qubbani tashkil qilgan tangachalar tez o'sadi, yo'g'onlashadi va o'zlaridan ajralib chiqqan mum (smola) orqali bir-birlari bilan qo'shilib, qubbani o'rab turuvchi etdor, yumshoq po'stga aylanadi
archaning urug'chi qubbalari urug'langandan keyin ikkinchi yoki uchinchi yilda pishadi

O'rta Osiyoda archaning 7 ta yovvoyi turi o'sadi. Bulardan 3 tasi O'zbekistonda o'sadi:
Zarafshon archasi
Turkiston archasi
Saur archa

Virgin archasi
shahar ko'chalarida manzarali daraxt sifatida ekiladi
vatani Shimoliy Amerika

Sharq sauri
u tana va bargining tuzilishi bilan archaga o'xshaydi
lekin yosh novdalarning o'ziga xos shoxlanishi
pishgan qubbalarining notekis choklar orqali ochilishi bilan archalardan farqlanadi

Qarag'aylar turkumi
O'zbekistonda qarag'aylar tabiiy holda o'smaydi

Oddiy qarag'ay
bir uyli, yorug'sevar, doimo yashil daraxt
barglari novdada 2 tadan bo'lib o'rnashgan, uzunligi 5-7 sm, och yashil

Changchili qubbalar
bahor oylarida yosh novdalarning pastki qismida hosil bo'ladi
qubbalarning o'rtasidan o'tgan o'qda spiral shaklida tangachalar joylashadi
tangachalarning ostki qismida changdonlar o'rnashgan
changdonlar ichida chang donalari hosil bo'ladi va shamol yordamida urug'chi qubbalarga uchib o'tadi

Urug'kurtakli qubbalar
bittadan yoki ikkitadan uzun novdalarning uchida paydo bo'ladi
qubbaning o'rtasidan o'tgan o'qqa urug'chi tangachalar birlashadi
bu tangachalar ustida 2 tadan urug'kurtak joylashadi

oddiy qarag'ayning qubbalari 2 yilda yetiladi
qarag'aylardan oliy navli qog'ozlar va texnik spirtlar olishda foydalaniladi


Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
4.3K views03:48
Ochish/sharhlash
2023-01-29 12:28:26 Variantlarda koʻp soʻralgan.


Odam organizmida yurak 4 ta kameradan yani 2 ta boʻlmacha va 2 ta qorinchadan iborat boʻlib, ularning navbatma-navbat sistola va diastola holatda boʻlishi yurak siklini tashkil etadi.

Boʻlmachalar sistola holatida boʻlganda qorinchlar diastola holatida boʻladi va aksincha...


Klapanlar holati

Oʻng boʻlmacha sistola yoki oʻng qorincha diastola vaqtida 3 tavaqali klapan - ochiq, yarimoysimon klapan - yopiq holatda boʻladi.

Oʻng qorincha sistola yoki oʻng boʻlmacha diastola vaqtida 3 tavaqali klapan - yopiq, yarimoysimon klapan - ochiq holatda boʻladi.


Chap boʻlmacha sistola yoki chap qorincha diastola vaqtida 2 tavaqali klapan - ochiq, yarimoysimon klapan - yopiq holatda boʻladi.

Chap qorincha sistola yoki chap boʻlmacha diastola vaqtida 2 tavaqali klapan - yopiq, yarimoysimon klapan - ochiq holatda boʻladi.

Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
4.8K views09:28
Ochish/sharhlash
2023-01-28 20:15:13
Albinizm (lot. albus – oq) – odam va hayvonlar terisi va ko‘zining rangdor pardasida pigmentning (yuk-sak o‘simliklar tanasi yoki organlarining bir qismida yashil rangning) bo‘lmasligi. Albinizm– irsiy belgi bo‘lib, pigment (melanin, xlorofill) sinteziga to‘sqinlik qiluvchi resessiv genning go-mozigot holatga o‘tishi yoki xloroplastlarda sodir bo‘ladigan irsiy o‘zgarishlar (qarang Sitoplazmatik irsiyat) bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Rangini yo‘qotgan organizmlar albinoslar deyiladi. Albinoslar 20000–40000 odamdan bittasida uchraydi. Lab. hayvonlari – kalamush, sichqon, quyonlarning toza albinos liniyalari tadqiqot ishlarida foydalanish maqsadida boqiladi.

Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
5.3K viewsedited  17:15
Ochish/sharhlash
2023-01-28 12:39:15 Fototropizm---- o'simlik organlarining yorug'lik tomon harakatlanishi.

Fototaksis----- sodda hayvon va tuban o'simliklarning yorug'lik tomon harakatlanishi.

Fotonastiya------ tirik organizmlarning kunning yorug'lik va qorong'u vaqti almashinishi bn bog'liq bo'lgan harakati

Fotoperiod------ kun uzunligi

Fotoperiodizm---- kun uzunligini mavsumiy o'zgarishlariga nisbatan tirik organizmlarning javob reaksiyalari.

Fitofaglar---- o'simlikxo'r organizmlar.

Fitoaleksin------ o'simliklarni mikroorganizmlar bn zararlanganda ularga qarshi o'z tanasidan ishlab chiqaradigan suyuqlik.

Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
5.3K views09:39
Ochish/sharhlash
2023-01-27 17:06:27 #_Oddiy_va_murakkab_barglar

Oddiy barg barg bandida bitta barg yaprog'i joylashsa, bunday barg oddiy barg deyiladi. Bularga:
olma
nok
o'rik
shaftoli
tut
tok
terak
yantoq
g'o'za
rovoch
gilos
qayrag'och
majnuntol

Murakkab barg bitta barg bandida bir nechta bargchalar joylashsa. Bularga:
soxta kashtan
yong'oq
na'matak
shirinmiya
beda
qulupnay
loviya
no'xat
yeryong'oq
gledichiya (tikan daraxt)

Murakkab barg xillari
uch bargchali, masalan
sebarga (ko'p)
beda (ko'p)
loviya (bir)
mosh (bir)
qulupnay (ko'p)

juft patsimon
yeryong'oq

toq patsimon
shirinmiya
yong'oq

panjasimon
soxta kashtan

gajak hosil qiladigan
no'xat
burchoq

barglari juda maydalashib, qipiq shakliga kelib qolgan
saksovul
qandim


Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
5.9K views14:06
Ochish/sharhlash
2023-01-26 19:10:51,,6-sinf savollari,,
《Medik》 testi
21 ta savol · 15 soniya
6.1K views16:10
Ochish/sharhlash
2023-01-26 17:09:48,,5-sinf biologiya,,
Medik testi
20 ta savol · 15 soniya
6.1K views14:09
Ochish/sharhlash