Get Mystery Box with random crypto!

Ochiq urug'li o'simliklar Ochiq urug'lilar | KIMYO BIOLOGIYA | QUIZ TESTLAR UZ

Ochiq urug'li o'simliklar

Ochiq urug'lilar
daraxt va butalardan tashkil topgan
ular urug'idan ko'payadi
ularning urug'lari gulli o'simliklarnikiga o'xshab yopiq emas, balki qubbalarining tangachalarida ochiq turganligi uchun ochiq urug'li o'simliklar deyiladi
masalan:
archa
saur
qarag'ay
qoraqarag'ay
sekvoyadendron

Archalar
bo'yi 20 m ga yetadigan, doimo yashil daraxt
barglari juda mayda, yashil rangli, tangachasimon yoki ignasimon

Zafafshon archasi
ikki uyli o'simlik
ayrim archa tuplarining yosh novdalarida mayda qubbachalar bo'lib, ularda juda ko'p miqdorda chang yetishadi
bu qubbachalar changchili qubbalar deyiladi
shu vaqtda archaning boshqa tuplarida uzunligi 0,5-1 sm keladigan sharsimon qubbalar hosil bo'ladi
bu qubbalar urug'kurtakli (urug'chili) qubbalar deyiladi
urug'chili qubbalarning
tangachalarida urug'kurtak
urug'kurtakda arxegoniy
arxegoniyda tuxum hujayra yetiladi

Ko'payish jarayoni

changchi qubbachalarida yetilgan chang boshqa tupda yetilgan urug'chi qubbalariga kelib tushadi va uni changlantiradi
urug'kurtakka tushgan chang donasining vegetativ hujayrasi o'sib chang nayini hosil qiladi
generativ hujayradan hosil bo'ladigan spermiylardan biri arxegoniydagi tuxum hujayrani urug'lantiradi
urug'langan tuxum hujayradan murtak,
urug'kurtakdan urug' rivojlanadi
urug'lanishdan so'ng urug'chi qubbani tashkil qilgan tangachalar tez o'sadi, yo'g'onlashadi va o'zlaridan ajralib chiqqan mum (smola) orqali bir-birlari bilan qo'shilib, qubbani o'rab turuvchi etdor, yumshoq po'stga aylanadi
archaning urug'chi qubbalari urug'langandan keyin ikkinchi yoki uchinchi yilda pishadi

O'rta Osiyoda archaning 7 ta yovvoyi turi o'sadi. Bulardan 3 tasi O'zbekistonda o'sadi:
Zarafshon archasi
Turkiston archasi
Saur archa

Virgin archasi
shahar ko'chalarida manzarali daraxt sifatida ekiladi
vatani Shimoliy Amerika

Sharq sauri
u tana va bargining tuzilishi bilan archaga o'xshaydi
lekin yosh novdalarning o'ziga xos shoxlanishi
pishgan qubbalarining notekis choklar orqali ochilishi bilan archalardan farqlanadi

Qarag'aylar turkumi
O'zbekistonda qarag'aylar tabiiy holda o'smaydi

Oddiy qarag'ay
bir uyli, yorug'sevar, doimo yashil daraxt
barglari novdada 2 tadan bo'lib o'rnashgan, uzunligi 5-7 sm, och yashil

Changchili qubbalar
bahor oylarida yosh novdalarning pastki qismida hosil bo'ladi
qubbalarning o'rtasidan o'tgan o'qda spiral shaklida tangachalar joylashadi
tangachalarning ostki qismida changdonlar o'rnashgan
changdonlar ichida chang donalari hosil bo'ladi va shamol yordamida urug'chi qubbalarga uchib o'tadi

Urug'kurtakli qubbalar
bittadan yoki ikkitadan uzun novdalarning uchida paydo bo'ladi
qubbaning o'rtasidan o'tgan o'qqa urug'chi tangachalar birlashadi
bu tangachalar ustida 2 tadan urug'kurtak joylashadi

oddiy qarag'ayning qubbalari 2 yilda yetiladi
qarag'aylardan oliy navli qog'ozlar va texnik spirtlar olishda foydalaniladi


Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!