Get Mystery Box with random crypto!

KIMYO BIOLOGIYA | QUIZ TESTLAR UZ

Telegram kanalining logotibi kimyo_biologiya_dtm_quiz_testlar — KIMYO BIOLOGIYA | QUIZ TESTLAR UZ K
Telegram kanalining logotibi kimyo_biologiya_dtm_quiz_testlar — KIMYO BIOLOGIYA | QUIZ TESTLAR UZ
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.10K
Kanalning ta’rifi

✯ DTM va quiz testlar
★ Qiziqarli ma’lumotlar
🌪 Eng sara va soʻngi quiz testlar birinchi bizda keyin qolgan-qutganlarda
🩺 Ega – @Rakhimov_Bekzod
📚 Ilm oling: @AbituriyentBot
💬 Guruhimiz: @Kimyo_biologiya_gr
📈 Reklama uchun – @reliable_agency

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-03-05 17:20:57 BILIB QOʻYING.



Dominant belgilar

Noʻxat oʻsimligida...
1. Donining silliq shakli
2. Donining sariq rangi
3. Gulining qizil rangi
4. Poyasining uzun boʻlishi
5. Oddiy dukkakli boʻlishi

Nomozshomgul gulining qizil rangi

Gʻoʻzada tolasining malla boʻlishi

Qoramollarda shoxsizlik

Pomidorda...
1. Mevasining yumaloq boʻlishi
2. Mevasining qizil rangi

Drozofilada...
1. Tanasining kulrang boʻlishi
2. Qanotlarining normal boʻlishi
3. Koʻzining qizil rangi

Bugʻdoy donining qizilligi

Xoldor toʼti patining yashilligi

Xoʻrozning boʻynida patning boʻlmasligi
•••••••••••••••••••••••••••••••••••••••

Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
2.7K views14:20
Ochish/sharhlash
2023-03-03 18:28:47 BOSH MIYANING TUZILISHI VA FUNKSIYASI.

Bosh miya nerv sistemasining markaziy bo'limi , organizmning barcha funksiyalarini boshqarib turadi.
Bosh miya :
- > Vazni katta odamda 1020 - 1970 g
- > Chaqaloqlarda 450 g
- > Keksalkkda vazni kamayadi.
- > 20 yoshgacha odam miyasining hajmi 3,5 - 4 marta , vazni esa 20 marta ortadi.
- > 100 mlrd dan ortiq neyronlardan oborat bo'ladi.

Tuzilishi.
Bosh miya kalla qutisi ichida joylashgan.
Ikki qismdan iborat :
. Bosh miya stvoli ( Ustun )
- > Uzunchoq miya
- > O'rta miya
- > Oraliq miya
- > Miyacha
- > Miya ko'prigi ( Varoliyev koprogi. )
. Bosh miyya katta yarimsharlaridan iborat.

Bosh miya ham oq va kulrang moddalardan iborat.
Oq modda -- > Bosh miyani orqa miya bilan va miya bo'limlari bilan bog'laydi.
Kulrang modda -- > Bosh miya katta yarim sharlari va miyachani sirtdan qoplab turadigon po'stlog'ini hosil qiladi. Bosh miya kulrang moddasi reflektorlik funksiyasini bajaradi.

Uzunchoq miya.
Reflektorlik va o'tkazuvchanlik vazifasini bajaradi.
Kulrang moddasi :
- > Nafas olish
- > Yurak ishini boshqarish
- > Hazm qilish
- > Himoya funksiyalarini boshqaradi.
Varoliyev ko'prigi.
Uzunchoq miya bilan o'rta miya oralig'ida joylashgan.
- > Ko'z soqqasi
- > Yuz muskullarini
Harakatlantiruvchi markazlar bo'ladi.
O'rta miya.
Miya oyoqchalari , to'rt tepalik va tepaliklar orasida joylashgan.
- > Skelet muskullari tonusi ( tarangligi. )
- > Qo'l barmoqlari nozik harakatlari
- > Ko'rish
- > Eshitish
- > Chamalash reflekslari joylashgan.

. Uzunchoq miya
. Ko'prikcha Miya sopi
. O'rta miya

Miya sopidan 12 juft kalla - miya nervlari chiqadi. Ular miyani boshidagi sezgi organlari , bezlar va muskullar bilan bog'laydi.
Ulatdan bir jufti ADASHGAN NERVLAR hisoblanadi.
Adashgan nerv :
- > Yurak
- > O'pka
- > Oshqozon
Va boshqa ichki organlarni ishini boshqaradi.
Oraliq miya.
O'rta miya ustida joylashgan.
- > Moddalar almashinuvi
- > To'yish
- > Och qolish
- > Chanqash
- > Tana harorati doimiyligi
Kabi xususiyatlar oraliq miya bilan bog'liq.
Miyacha.
Uzunchoq miya ustida joylashgan ikkita yarimsharlardan iborat.
- > Harakat
- > Skelet muskullari
- > Tana muvozanati
- >Muskullar tonusini boshqarib turadi.

Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
1.8K views15:28
Ochish/sharhlash
2023-03-02 17:07:51 Hujayra markazi (sentriolasi)



Hujayra markazi 2 ta silindr shakldagi kichik tanachalardan tashkil topgan boʻlib, ular bir-biriga nisbatan toʻgʻri burchak hosil qilib joylashadi va ular sentriola deyiladi.

Har bir silindr 9 ta uchlik (triplet) bogʻlamdan iborat boʻlib, 2 ta silindrda 18 ta bogʻlam boʻladi.

Har bir bogʻlam 3 ta mikronaychaning tripletidan tashkil topgan.

Har bir slindirda 9 ta bogʻlam boʻlsa, 27 ta mikronaycha boʻladi. Demak 1 ta hujayra markazi 18 ta bogʻlam, 54 ta mikronaychadan iborat.

Sentriola sitoplazmaning oʻzidan oʻzi koʻpayadigan organoidi hisoblanadi. Hujayra markazi hujayra boʻlinishida muhim ahamiyatga ega.

Hujayraning boʻlinish vaqtida interfazaning G¹ davrida hujayrada sentriolalar soni 2 ta boʻladi. Sintez (S) davrida hujayra markazi 2 barobar ortadi va 4 ta sentriola paydo boʻladi. Bu vaqtda bogʻlamlar soni 36 ta, mikronaychalar soni esa 108 taga koʻpayadi.

Bu esa hujayra boʻlinish jarayonida sentriolalar 2 qutbga tomon tarqalib boʻlinish urchugʻi shakllanishida va boʻlinish urchugʻi mikronaychalari qisqarishi natijasida xromasomalarni hujayra qutblariga tomon tortilishini taʼminlaydi.

Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
2.0K views14:07
Ochish/sharhlash
2023-03-01 18:00:05 SUVDA HAMDA QURUQLIKDA YASHOVCHILARNING KO'PAYISHI , RIVOJLANISHI VA XILMA - XILLIGI.

Tuxum qo'yishi ---- > Baqalar qishki karaxtlik xolatidan chiqib suv havzalari yaqinida oziq axtara boshlaydi. Urg'ochi baqalar tuxumlariga erkak baqalar urug'ini sepib ketadi.
Bitta baqa 5 000 - 10 000 tagacha tuxum qo'yishi mumkin. Tuxumning ustki qismi qoramtir tusda bo'lib quyosh nuri tasirida yaxahi isiydi.

Rivojlanishi ---- > Tuxumdan lichinka ( itbaliq ) rivojlanadi.
Itbaliqning tuzilishi baliqqa o'xshaydi.
- > uzun va keng dumi
- > ikki tutam jabralari
- > yuragi ikki kamerali
- > qon aylanish doirasi bitta
- > yon chiziqlari mavjud.

Itbaliq dastlab tuxumdan qolgan qoldiq bilan keyinchalik mayda suvo'tlqri , bir hujayrali hayvonlar va mikroorganizmlar bilan oziqlanadi.

Itbaliq rivojlanish jarayonida :
- > jabra o'pkaga alishadi.
- > dumi yo'qolib boradi.
- > yuragi uch kamerali bo'ladi.
- > qon aylanish doirasi ikkita bo'ladi.

Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning xilma - xilligi.
4 000 dan ortiq tur kiradi. Asosan ikkita katta turkumdan iborat.
Dumlilar ( Triton , Salamandra )
Dumsizlar ( ko'l baqasi , Qurbaqa )

Dumlilar ---- > O'rta Osiyoda uchramaydi. Eng yirik vakili Gigant Salamndra bo'lib Janubiy - Sharqiy Osiyoda tarqalgan , uzunligi 1,7 m ga yetadi.
Dumsizlar ( Yashil qurbaqa ) ---- > ko'l baqasiga nisbatan ancha yirik , rangi och yashil yoki kulrang , terisida zaharli oq suyuqlik ishlab chiqaradigon bezlari joylashgan. Orqa oyoqlari nisbatan kuchsiz bo'ladi. Kunduzi kemiruvchilar inida va yerro'lalarda yashirib yotadi , kechasi esa ovga chiqadi.

Ahamiyati ---- > Suvda hamda quruqlikda yashovchilar Foydali hayvonlar bo'lib zararkunanda hasharotlarni qiradi.
Qurbaqa bir kecha kunduzda 100 tagacha , 9 oy davomida 3 000 tagacha hasharotni qiradi.

Kelib chiqishi.
Baliqlar ----- > O'pkali panjaqanotlilar ---- > Dumlilar ---- > Dumsizlar.

Bundan 300 mln yil ilgari O'pkali panjaqanotlilardan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi.
O'pkali panjaqanotlilarning suzgichlari skeleti Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning oyoqlari skeletiga o'xshab ketgan.

Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
1.8K views15:00
Ochish/sharhlash
2023-02-28 23:07:03 Qishning 1-kuni muborak
1.7K views20:07
Ochish/sharhlash
2023-02-28 17:23:43 6-SINF BOTANIKA ( Oilalar )

1.Barglari ketma ket
Ra'nodoshlar , Karamdoshlar , Burchoqdoshlar , Ziradoshlar

2.Yonbargchali
Ra'nodoshlar , Burchoqdoshlar , Tokdoshlar

3.Gullari to'g'ri
Ra'nodoshlar , Karamdoshlar , Gulxayridoshlar , Tokdoshlar , Qovoqdoshlar , Loladoshlar , Piyozdoshlar , Ituzumdoshlar

4. Gullari qiyshiq
Burchoqdoshlar

5. Na'matak
Tog' va to'qaylarda uchraydi. Iyun-Iyul oyida gullaydi.

6. Jag'-Jag'
Mart oyidan mayning oxirigacha gullaydi.

7. Oddiy lavlagi
May oyida gullaydi , sentabrda pishadi.

8. Yerbag'ir tugmachagul
Apreldan-Sentabrgacha gullaydi. Quritilgan bargi , guli , urug'idan ichni yumshatuvchi. Uzunligi 10-40 sm

9. Dorivor gulxayri
Daryo va ko'llar sohilidagi to'qaylarda , sernam yerlarda uchraydi. Ildizidan yo'talga qarshi.

10. O'tloq sebargasi
Tog' etaklarida , daryo , ariqlar , sug'oriladigan ekinlar orasida. Uzunligi 25-50 sm.

11. Qora Ituzum
Paxtazorlarda , polizlarda , tashlandiq yerlarda , yo'lyoqalarida uchraydi. Iyun oyidan tupini sovuq urgincha gullaydi. Mevasi Avgustni oxirida pishadi. 10 tur. 25-50 sm.

12. Tok
May-Iyun oylarida gullaydi. 2-4-(6-10) m

13. Zangori Sachratqi
Ildizi , barglari va gullagan paytdagi poyasidan tayyorlangan dorilar oshqozon-ichak kasalliklarida ishlatiladi.

Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
3.0K views14:23
Ochish/sharhlash
2023-02-27 18:47:48
Moviy pingvin - barcha tirik pingvinlarning eng kichik turlari.
Kichkina bo'lishiga qaramay,
(pingvinning maksimal balandligi
u 30 sm va vazni 1,5 kg gacha), bunday pingvinlar hatto sakkizoyoqlilarni ham ovlashga muvaffaq bo'lishadi.

Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
1.9K viewsedited  15:47
Ochish/sharhlash
2023-02-25 18:08:01
Geobotanika → osimliklarni yer yuzi boylab tarqalishini organadi. Masalan:Terakbargli liftok janubiy viloyatlarimizda toshli hududlarda keng tarqalgan.

Introduksiyalash(iqlimlashtirish) → osimliklarni o’zi tarqalgan hududdan o’zi uchun begona bo’lgan yangi bir muhitga moslashtirishni o’rganadi. Masalan: Ozbekiistonga kivi tropik mintaqadan moslashtirildi.

Sistematika → osimliklarni bir-biriga qarindoshligini organib qaysi turkum,sinf va oilaga mansubligini aniqlash. Masalan: olma va nok osimliklari bitta oilaga mansub lekin turkumlari boshqa-boshqa hisoblanadi.

Embriologiya →osimliklarning ko’payish a’zolarini tuzilishi,ko’payish bilan bog’liq jarayonlarni o’rganadi.
Masalan:Urug’kurtakda tuxum va markaziy hujayra yetildi va ularning urug’lanishidan urug’ hosil bo’ladi

Ekologiya → osimliklarning tashqi muhit bilan bog’liqligini va omillarning o’simlikka ta’sirini o’rganadi. Masalan: o’simliklar yorug’lik ta’sirida fotosintez jarayonini amalga oshiradi

Anatomiya →osimliklarni ichki tuzilishi organadi. Masalan:Bargning etli qismi ustunsimon,oval yoki yumaloq shakldagi hujayralardan tashkil topgan.

Paleobotanika → Qazilma o’simliklar to’g’risidagi fandir ya’ni qadimda yashagan hozir esa qirilib ketgan o'simliklarni o’rganadi. Masalan:riniya o’simligi qadimda yashagan va xozirda qirilib ketgan.

Morfologiya → osimliklarni tashqi tuzilishini organadi. Masalan:g’o’zaning barg yaproqi uch bo’lakli,chinorning bargi esa panjasimon shaklli hisoblanadi.

Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
3.3K views15:08
Ochish/sharhlash
2023-02-24 16:47:54 Bekor o‘tirmasdan yod olib turing.Eng kerakli moddalar.

Diopsit – CaMg[Si6O6]
Dolomit – MgCO3 * CaCO3
Eruvchan shisha – Na2SiO3 + K2SiO3
Fernikel – NiAs
Flus – SiO2
Fosforit – Ca3(PO4)2
Fosgen – COCl2
Fosterit – Mg2[SiO4]
Freon – CF2Cl2
Galmey – ZnCO3
Gaustanit – Mn3O4
Gips – CaSO4 * 2H2O
Glauber tuzi – Na2SO4 * 10H2O
Ilmenit – FeTiO3
Javel suvi – KClO + H2O
Potash – K2CO3
Pretsipitat – CaHPO4 * 2H2O
Qaldiroq gaz – 2H2 + O2
Qizil temir tosh – Fe2O3
Qizil qon tuzi – K3[Fe(CN)6]
Qumtuproq – SiO2
Qo‘ng‘ir temir tosh – Fe2O3 * 3H2O
Qo‘rg‘oshin yaltirog‘I (galenit) – PbS
Rux aldamasi – ZnS
Sariq qon tuzi – K4[Fe(CN)6]
Sementit – Fe3C
Sfen – CaTiSiO3
Silvinit - KCl * NaCl
Silvin – KCl
stalagmit, stalagtit -- CaCO3
Soda – Na2CO3
Kainit – KCl * MgSO4 * 3H2O
Kaliyli selitra - KNO3
Kalsit – CaCO3
Kaolin – Al2O3 * 2SiO2 * 2H2O
Karborund – SiC
Karnallit – KCl * MgCl2 * 6H2O
Kaustik (texnik soda, o‘yuvchi natriy) – NaOH
Kinovar – HgS
Kobalt yaltirog‘i – CoAsS
Korund – Al2O3
Kriolit – Na3AlF6 AlF3 * 3NaF
Kuldiruvchi gaz – N2O
Kuprit – Cu2O
Levingstonit – HgS * 2Sb2S3
Magnezit – MgCO3
Magnitli temirtosh – FeO * Fe2O3, Fe3O4
Malaxit – CuCO3 * Cu(OH)2
Marganesli shpat – MnCO3
Mis kolchedani – CuFeS2
Mis kuporosi – CuSO4 * 5H2O
Mis yaltirog‘i – Cu2O
Mishyak-nikel yaltirog‘i – NiAsS
Mochevina (karbamid) - CO(NH2)2
Nefelin – Na2[Si2Al2O8]
Osh tuzi – NaCl
Pentlantid – NiSFeS
Pentokarbonil temir – Fe(CO)5
Pirargirit – 3Ag2SSb2S
Pirolyuzit – MnO2
MnO2 * nH2O
Plavik shpat – CaF2
Superfosfat – oddiy: Ca(H2PO4)2 + CaSO4
qo‘sh: Ca(H2PO4)2
Suv gazi – H2 + CO
Talk – Mg3[Si2O5]2[OH]2
Temir kolchedani – FeS2
Titan magnetit – FeTiO3 * Fe3O4
Titanul – TiO2
Trunbul ko‘ki – Fe3[Fe(CN)6]2
Ulmanit – NiAsSb
Villemit – Zn2SiO4 * nH2O
Xalkopirit – Cu2S * Fe2S3
Xlorli ohak- CaOCl2 yoki CaCl2÷Ca(ClO)2
Zang – Fe(OH)3
Shisha – Na2O * CaO * 6SiO2
Shlak – Fe2SiO4
Chili selitrasi – NaNO3

Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
2.4K viewsedited  13:47
Ochish/sharhlash