Get Mystery Box with random crypto!

Hujayra markazi (sentriolasi) Hujayra markaz | KIMYO BIOLOGIYA | QUIZ TESTLAR UZ

Hujayra markazi (sentriolasi)



Hujayra markazi 2 ta silindr shakldagi kichik tanachalardan tashkil topgan boʻlib, ular bir-biriga nisbatan toʻgʻri burchak hosil qilib joylashadi va ular sentriola deyiladi.

Har bir silindr 9 ta uchlik (triplet) bogʻlamdan iborat boʻlib, 2 ta silindrda 18 ta bogʻlam boʻladi.

Har bir bogʻlam 3 ta mikronaychaning tripletidan tashkil topgan.

Har bir slindirda 9 ta bogʻlam boʻlsa, 27 ta mikronaycha boʻladi. Demak 1 ta hujayra markazi 18 ta bogʻlam, 54 ta mikronaychadan iborat.

Sentriola sitoplazmaning oʻzidan oʻzi koʻpayadigan organoidi hisoblanadi. Hujayra markazi hujayra boʻlinishida muhim ahamiyatga ega.

Hujayraning boʻlinish vaqtida interfazaning G¹ davrida hujayrada sentriolalar soni 2 ta boʻladi. Sintez (S) davrida hujayra markazi 2 barobar ortadi va 4 ta sentriola paydo boʻladi. Bu vaqtda bogʻlamlar soni 36 ta, mikronaychalar soni esa 108 taga koʻpayadi.

Bu esa hujayra boʻlinish jarayonida sentriolalar 2 qutbga tomon tarqalib boʻlinish urchugʻi shakllanishida va boʻlinish urchugʻi mikronaychalari qisqarishi natijasida xromasomalarni hujayra qutblariga tomon tortilishini taʼminlaydi.

Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!