Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum dôstlar! Tinchmisizlar? Sog'liklaringiz yaxs | 𝐊𝐡𝐮𝐝𝐨𝐲𝐛𝐞𝐫𝐠𝐚𝐧𝐨𝐯'𝐬 𝐛𝐥𝐨𝐠

Assalomu alaykum dôstlar!

Tinchmisizlar? Sog'liklaringiz yaxshimi?

Yoshi katta, keksa odamlar bilan ôtirsangiz juda kôplab turli xil voqea hodisalarni gapirib berishadi. Mazza qilasiz. Yaqinda bobomni kôrishga bordim. Doimgiday ôtgan qiziq-qiziq voqealardan gapirib berdilar. Shu voqealardan birini sizlar bilan ulashmoqchiman.

SSSR davrida ... universitetining rektori kolxoz raislariga qandaydir leksiya ôqishga boribdi. Leksiya orasida kolxoz raislaridan biri savoli borligini aytgan. Ruxsat berilgach:
- Adolat bormi? Adolat qayerda? - deb sôrabdi. Rektor esa:
- Siz ketmay turing, oxirida ôzizga aytaman. - deb javob beribdi. Leksiya tugagach rektor savol bergan raisdan savolini qaytarishini sôragan. Savolini qaytadan sôragach, rektor:
- Adolat katta xolangnikida (bu qog'ozga ôralgan) - deb javob beribdi. Bundan raisning jahli chiqib, hokimning oldiga borgan va bôlgan voqeani aytib bergan. Hokim rektorni ham chaqirib, raisni shikoyatini aytgan. Shunda rektor:
- Hokim buva, bu odam sizni aldayapti. Men katta bir universitetni rektori bôla turib, shunaqa gap aytishim mumkinmi? Aslida bu odamni avvaldan menda qasdi bor. Shuning uchun mendan qasdini olmoqchi bôlib yuribdi - deb javob bergan. Hokim bu gapdan keyin ikkalasigayam:
- E ikkalang ham katta odamsizlar. Uyatmasmi? Bittang universitet rektori, bittang katta kolxoz raisisan. Silarga yarashmaydi. Qaytib bunaqa gap eshtmay - deb ikkalasiniyam chiqarvorgan. Tashqariga chiqqandan keyin rektor raisni yoniga chaqirib:
- Sizga aytganmidim adolat katta xolangnikida deb. Mana sizga adolat
degan


Bu haqiqatdan bôlgan voqea. Xulosani ôzlaringizga qoldiraman.

@Khudoyberganovs_blog