Get Mystery Box with random crypto!

Dôstlar, Assalom aleykum! Kayfiyatlaringiz qalay? Zôrmi? Alh | 𝐊𝐡𝐮𝐝𝐨𝐲𝐛𝐞𝐫𝐠𝐚𝐧𝐨𝐯'𝐬 𝐛𝐥𝐨𝐠

Dôstlar, Assalom aleykum!

Kayfiyatlaringiz qalay? Zôrmi?

Alhamdulillah Toshkentga kevoldim. Endi buyog'iga ish kôp, chalg'imasdan ishlarni qilish kerak.

Shu bilan birga bitta chellenj boshlamoqchiman. Aslida qanaqadir chellenjlarni yoqtirmasdim. Lekin yaxshilab ôylab qarasam chellenjlar ôzimga kôproq foydali ekan.

Xullas "fizzy drinks ( gazli ichimliklar ) larsiz" deb nomlangan chellenj qimoqchiman. Gazli ichimliklardan umuman voz kechmoqchiman. Cola, fanta, pepsi, energetiklar, hammasidan voz kechmoqchiman. Chunki me'yoridan ancha oshib ketgan. Nafsga qarshi chiqish qiyin, ammo sekin sekin barchasini uddalasa bôladi.

Chellenjimizni bugundan boshlaymiz. Kettikmi?

Gazli ichimliklarsiz birinchi kun

@Khudoyberganovs_blog