Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu aleykum azizlar! In sha Alloh ertaga dam olish, ta't | 𝐊𝐡𝐮𝐝𝐨𝐲𝐛𝐞𝐫𝐠𝐚𝐧𝐨𝐯'𝐬 𝐛𝐥𝐨𝐠

Assalomu aleykum azizlar!

In sha Alloh ertaga dam olish, ta'tilni yakunlab, Toshkentga qarab yo'l olamiz. "O'z uying, o'lan to'shaging", "Kindik qoni to'kilgan joy", "Tomiri suv ichgan joy" kabi iboralar o'zidan o'zi paydo bo'lib qolmagan. Har safar uydan ketishda ichimni nimadir tirnaydi, ketgim kelmay qoladi. Qishloqda yashaymiz. Sharoitlar shaharnikidekmas, lekin barbir ketgim kelmay qoladi. Bu tuyg'uni nima deydi nomini bilmadim.

Lekin ketish kerak. Kelajak uchun ham ketish kerak. Kelajakda ota onam, oilam, farzandlarimni yaxshi sharoitda yashashlari uchun ham hozir ketish kerak. Rejalar katta, oldimizda uzoq va olis, sinovli yo'l turibdi. Allohim o'zi bu yo'llardan eson omon o'tishimizda ko'makchi bo'lsin.
Amiyn

@Khudoyberganovs_blog