Get Mystery Box with random crypto!

Kamronbek Baxtiyorov | Blog

Telegram kanalining logotibi kamronbek_baxtiyorov_blog — Kamronbek Baxtiyorov | Blog K
Telegram kanalining logotibi kamronbek_baxtiyorov_blog — Kamronbek Baxtiyorov | Blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-01-28 22:49:05 100-30=370, ammo, qanday?

100-> daromad
30-> ehson
370-> bu foyda

100 so’mni bugun topdik sof foydamiz, 30 so’m ehsonga ajratdik. 70 so’m pulimiz qoldi deb o’yladik ammo aslida 370 so’m qozondik.

Allohning matematikasiga asosan 1 so’m ehson qilsak, Alloh taolo minimal tarzda 10 baravar, maksimal tarzda esa 70ming baravar qilib qaytarishini va’da qilgan.

Endi masalaga qaytsak; 100-30=370

Minimal tarzda 10 baravarni olamiz va 30 so’m ehsonimizga ko’paytiramiz: 30*10=300

300+70(yuqoridagi qolgan so’m)=370

Alloh taolo Tijoratchilarni sevadi!

Kerakli blog…
103 viewsKAMRONBEK BEGZODOVICH, 19:49
Ochish/sharhlash
2022-01-27 22:39:36 Пайшанба кунининг Aср пайтидан бошлаб Жума кунининг Aср пайтигача бўлган фурсатнинг ҳар бир сонияси шу қадар кўп яхшиликлар хазинасига тўлдирилганки, уларнинг қанчалигини Аллоҳнинг Ўзи билади, холос.

Ана шу фурсат оралиғида Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васалламга кўп салавот айтинг!

Жума куни ва кечаси Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламга кўп салавот айтиш суннатдир.

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам:
“Жума куни менга кўп саловот айтинглар. Чунки менга ҳар жума умматимнинг менга айтган саловоти кўрсатилади. Ким менга кўп саловот айтган бўлса, (Қиёматда) менга энг яқинлардан бўлади”.

Аллоҳумма солли ва саллим ва баарик ала Муҳаммад ва ала олиҳи ва асҳабиҳи ажмаъийн!

Аллоҳумма солли аълаа саййидина Муҳаммад

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам айтадиларки:
«Ким бир яхшиликка бировни йўллаб қўйса унга ўша ишни қилганлик ажри бор»
(Имом Муслим)

Kamronbek Begzodovich blogi
79 viewsKAMRONBEK BEGZODOVICH, 19:39
Ochish/sharhlash
2022-01-17 22:40:52 Allohdan qo’rqing ey MADDOHLAR…

Bu hokimyatdagilar, bu davlat bilmas “siyosatchilar” anchagina o’zlarini teya olmay qolishdi. Ochiqdan-ochiq o’g’rilik, ochiqdan-ochiq jinoyat!

Biz bu insonlar yuzidan Alloh taologa nima deb javob beramiz?

“Ey insonlar, qo’rqingiz, Alloh gʻazablilarning eng gʻazablisidur, Alloh tuzoq quruvchilarning eng yaxshisidir.” (Tafsirdan tafsir).

P/S: Biz bu mansabparast siyosatchi(itmiya) insonlarga qarsak chalaversak, bizdan keyingi avlod albatta qul bo’ladi. Ammo, biz Allohdan boshqasiga qullik uchun yaralmadik.

Vallohu a’lam!

Kamronbek Begzodovich blogi
91 viewsKAMRONBEK BEGZODOVICH, edited  19:40
Ochish/sharhlash
2022-01-14 22:32:14
Qayt ey Salohiddin!

“Modomiki biz erkak ekanmiz, sizlar Masjid al Aqsoni bizdan ololmassiz!”(Salohiddin Ayyubiy)

Agar asrlar avval, Fath etilgan Aqso bizda bo’lsaydi bugun Alloh va uning rasuli bilan o’rtamizda to’siq bo’lmas edi, biz musulmon bo’la turib “Rojdestvo” nishonlamas edik, tijoratda ribo va yolg’on aralashtirmas edik, Muhammad kalimasini eshitganda qo’limiz ko’ksimizda bo’lar edi. Aqsoda bir rak’at o’qigan namozim ila yuzimiz yorug’ bo’lar edi.

Musulmonlikdan, dindan gapiramiz, ammo, Aqsoyimiz gʻayridinlar qo’lida. Qul bo’la turib, Haq yo’lida bo’la turib Aqso uchun harakat qilmadik. Allohga nima deymiz?!

Kechir bizni Allohim… Afuv eting Rasulim… Afuv et bizni ey Salohiddin…

Oxirgi Juma kuniga oz vaqt qoldi!

Kamronbek_Baxtiyorov_blog
96 viewsKAMRONBEK BEGZODOVICH, edited  19:32
Ochish/sharhlash
2022-01-12 22:50:21 “Keldik, keldik”

Sunnatsiz amal kuniga keldik!

Dunyo fitnalar “daryosiga to’lgan zamonga keldik!

Faqir qolib, boyni to’ydira olmaydigan zamonga keldik!

Qilich haqqi bilan FATH etilgan “Aqso” da, namoz o’qishga qo’rqadigan zamonga keldik!

Keldik, eh, keldik!

Qiyomatga yaqin KELDIK!

(Do’stimdan ilhomlanib!)

- - - - - - - - - - - - - - -

P/S: Buni she’r deb emas, balki, “Ogoh xabari” sifatida qabul qiling…


Kamronbek Begzod O’gʻli
118 viewsKAMRONBEK BEGZODOVICH, edited  19:50
Ochish/sharhlash
2021-12-20 20:17:36
“2021-yil kalla” deb nomlangan mukofotimizga yangi nomzod!

“Kushli kalla” musoboqalarida nafaqat deputatlar balki “Hokim” lar ham o’z nomlarini olg’a surishyapti?

“Yangi O’zbekiston, yangi kallalar to’plami”
— — — — —- — — — — — — — — — — —
Qayerga qarab ketyabmiz? Nima deyabmiz? Kimga yoqish uchun harakat qilyabmiz?

Ushbu savollarga javob berish qiyin!
100 viewsKAMRONBEK BEGZODOVICH, 17:17
Ochish/sharhlash
2021-12-19 20:28:01 Halollikda gap katta!

Insoniyat bordirki asirlardir ko`plab kasblarda o`zlari ishlab, o`z qora-qozonlarini qaynatishyapti. Ammo bu qora-qozongacha bo`lgan yo`l qanaqa ekanligini tavakkal qilish qiyin bo`lib qoldi, ochig`ini aytsam...

Qaysi davlat, qaysi shahar, qaysi millat va qaysi din bo`lishidan qati nazar xaromxo`rlik, rizosizlik avj olmoqda. Boshqa millatt vakillari, boshqa din vakillarini misol qilmayman, musulmonlar o`lkasi haqida so`z olib boraman. Musulmon davlatlarida bu narsa bo`lishi barcha g`ayri dinlarni hayratga soladi va ular "dinim halollikdan iborat" deydiganlarga boq deyishadi...

Qaysi tarafga qaramang shariatimizga muvofiq bo`lmagan ishlar va undan pishadigan oshlar soni ortib bormoqda. Siyosatda "korrupsiya", tijoratda "ribo", "ko`p narxlashlik" va sportda "nohaqlik". Bularning barchasi Islom diniga bo`lgan hiyonat deya ayta olaman.

Bunga yechim berayotgan Ahli Ilmlarni ba`zilar qoralayapti...

Buni javobini Allohga qanday beramiz?

Blogim...
78 viewsKAMRONBEK BEGZODOVICH, edited  17:28
Ochish/sharhlash
2021-12-17 20:33:14 Sonlar-biznes asosidir!

1 yil davomida eshitgan treninglarim, o’qigan maqolalarim va kitoblarim ortidan o’rgandimki “Biznes bu sonlardan tashkil topgan so’z” ekan. Maqola orqali 2 ta tasavvurda ko’rib chiqamiz)

1. Tasavur qilamiz “Gʻishmat Toshmat” degan korxona bor, uning asoschisi siz deylik, ammo biznesingizda sonlar yo’q. Ishchilar soni, maxsulot soni, daromadingiz kichik xisobda qancha, diniy sanoq uslubingiz yo’q. Qisqa qilib aytganda korxonangiz bir oyga bormay parokanda bo’ladi.

2. Huddi shunaqa “Elturdi” nomli kompaniya bor, asoschisi Boltavoy aka. Kompaniyada Boltavoy aka sanoqsiz ishlay olmaydi ya’ni yurita olmaydi. “Elturdi” kompaniyasida hamma narsa tizimlashgan, korxona hodimi 100ta, daromdi $1mln(dollar), diniy sanoq sistemasi mavjud, maxsulot kuniga 1000ta ishlab chiqariladi(1 yilda 365000ta). Kompaniya esa 100 yil davomida shu ahvolda bemalol tura oladi.

Xulosa shuki, agar biznesingiz bo’lsa uni sanoq asosida quring, chunki, “pulni” ham sanoq bilan sanaymiz-ku.
62 viewsKAMRONBEK BEGZODOVICH, edited  17:33
Ochish/sharhlash
2021-12-15 20:11:24 Biron kasbni oʻrganish uchun kirishmoqchi boʻlganlarga kichkina maslahat: hech qachon B planingiz boʻlmasin. Faqat A plan va faqat oxirigacha borishga harakat qiling.

Albatta, inson biron narsani oʻrganishni boshlashidan oldin oʻsha narsaga boʻlgan ehtiyoji boʻlishi shart. Bu ehtiyoj birinchi navbatda qiziqish boʻlishi kerak. Moddiy ehtiyoj, daromad, soqqa qilish payida kasb oʻrganadigan inson umuman bu ishga yaqinlashmagani yaxshi. Hamma ishda ham asosiysi ixlos, professional boʻlishga intilish tuygʻusi boʻlmasa, keyinchalik qilayotgan ishi shunchaki qora qozon qaynatuvchi vositadan ortigʻiga yaramaydi.

P.s: B plan nimaligini bilmaganlar uchun: qachonki shu kasbni oʻrgabnib koʻraychi, juda oʻxshamasa boshqasini oʻrganaman, boʻlmasa dadamni biznesini davom ettiraman, deydiganlar uchrab turadi. Shunaqa boʻlmanglar.
60 viewsKAMRONBEK BEGZODOVICH, edited  17:11
Ochish/sharhlash
2021-12-06 10:50:42 «Нажот таълим» лойиҳаси динни кўролмайдиган, диндорлар ютуғини тан олмайдиганларга қаттиқ зарба бўлди. Улар Ислом нури билан мунаввар бўлган ўқув маркази, у ерни битириб, ҳаётда ўз йўлини топаётган йигит-қиз – муслим-муслималарни кўриб кўрмасликка олишга ҳаракат қилмоқдалар. Исломнинг илм-фан, ахлоққа эътиборини оддий мусулмон йигитлар кўрсатиб беришди
@gayratkhodja_journal
55 viewsKamronbek Begzodovich, 07:50
Ochish/sharhlash