Get Mystery Box with random crypto!

Halollikda gap katta! Insoniyat bordirki asirlardir ko`plab k | Kamronbek Baxtiyorov | Blog

Halollikda gap katta!

Insoniyat bordirki asirlardir ko`plab kasblarda o`zlari ishlab, o`z qora-qozonlarini qaynatishyapti. Ammo bu qora-qozongacha bo`lgan yo`l qanaqa ekanligini tavakkal qilish qiyin bo`lib qoldi, ochig`ini aytsam...

Qaysi davlat, qaysi shahar, qaysi millat va qaysi din bo`lishidan qati nazar xaromxo`rlik, rizosizlik avj olmoqda. Boshqa millatt vakillari, boshqa din vakillarini misol qilmayman, musulmonlar o`lkasi haqida so`z olib boraman. Musulmon davlatlarida bu narsa bo`lishi barcha g`ayri dinlarni hayratga soladi va ular "dinim halollikdan iborat" deydiganlarga boq deyishadi...

Qaysi tarafga qaramang shariatimizga muvofiq bo`lmagan ishlar va undan pishadigan oshlar soni ortib bormoqda. Siyosatda "korrupsiya", tijoratda "ribo", "ko`p narxlashlik" va sportda "nohaqlik". Bularning barchasi Islom diniga bo`lgan hiyonat deya ayta olaman.

Bunga yechim berayotgan Ahli Ilmlarni ba`zilar qoralayapti...

Buni javobini Allohga qanday beramiz?

Blogim...