Get Mystery Box with random crypto!

Biron kasbni oʻrganish uchun kirishmoqchi boʻlganlarga kichkin | Kamronbek Baxtiyorov | Blog

Biron kasbni oʻrganish uchun kirishmoqchi boʻlganlarga kichkina maslahat: hech qachon B planingiz boʻlmasin. Faqat A plan va faqat oxirigacha borishga harakat qiling.

Albatta, inson biron narsani oʻrganishni boshlashidan oldin oʻsha narsaga boʻlgan ehtiyoji boʻlishi shart. Bu ehtiyoj birinchi navbatda qiziqish boʻlishi kerak. Moddiy ehtiyoj, daromad, soqqa qilish payida kasb oʻrganadigan inson umuman bu ishga yaqinlashmagani yaxshi. Hamma ishda ham asosiysi ixlos, professional boʻlishga intilish tuygʻusi boʻlmasa, keyinchalik qilayotgan ishi shunchaki qora qozon qaynatuvchi vositadan ortigʻiga yaramaydi.

P.s: B plan nimaligini bilmaganlar uchun: qachonki shu kasbni oʻrgabnib koʻraychi, juda oʻxshamasa boshqasini oʻrganaman, boʻlmasa dadamni biznesini davom ettiraman, deydiganlar uchrab turadi. Shunaqa boʻlmanglar.