Get Mystery Box with random crypto!

Vaqt ichidagi vaqt Urganchdaligimda yo‘lga 15 daqiqa ajratard | Kamol Madaminov

Vaqt ichidagi vaqt

Urganchdaligimda yo‘lga 15 daqiqa ajratardim, yetardi.
Katta shaharda yo‘lni o‘zigayam katta vaqt ketarkan.
Uydan o‘qishgacha yo‘lni o‘zi bir soat vaqtni yeyapti.

Nimaga ketyaptimas, yeyapti?
Haligacha bu vaqtdan qanday unumli foydalanishni tushunmayapman.

Intervyu ko‘rsam bo‘ladi.
Kitob o‘qisam bo‘ladi.

Lekin, hozirgi vaziyatimda bularni beradigan qiymati va ahamiyati yetarlimas.

Nazariy bilimlarga hozirgi vaziyatda ehtiyojim yo‘q.
Ammo amaliyot(praktika) muhim.

Universitet + vazifalar
iOS dasturlash kursi + vazifalar, loyihalar
Trenirovka

Hali bunga ingliz tiliniyam qo‘shish kerak.
Volontyorlik va kitob o‘qish ham navbat kutib turibdi.
Qani, vaqtni sotib olishni iloji bo‘lsa...
Urganchdaligimda yaxshigina bekorchi bo‘lganakanman.

Do‘stimni vaqti juda tig‘iz bo‘lar edi shu paytlardayam. Hozir oldingidanam band bo‘lib ketgandir.
Shu payt unga havasim kelardi. Lekin, mas‘uliyat ham ortarkan shunga yarasha.

Vaqt ichida vaqtni topmasangiz, intizomli bo‘lib rejimga(o‘zbekchasini bilolmadim) amal qilmasangiz tez orada hammasi rasvo bo‘ladi.

Shu oy tugaguncha rejimga tushish izidan bo‘lamiz. Tushvolsak narigi narsalarniyam sekin qo‘shvolamiz.

Samaradorlik juda muhim. Vaqt ichidagi vaqtni esa faqat o‘z ustida ishlagan holda, intizomga qat‘iy rioya qilib topolamiz.

Shunday ekan, tezroq kunni aniq tartiblab olsak, asosiy maqsadga erishamiz.
Maqsadga esa faqat intizomlilar erishadi.