Get Mystery Box with random crypto!

Universitet ortidan kelgan mas‘uliyat Universitetga kirding. | Kamol Madaminov

Universitet ortidan kelgan mas‘uliyat

Universitetga kirding...
Gap yo‘q. Ota-onang sen bilan faxrlansa bo‘ladigan kichik sabab qilib qo‘yding. Endi ular ham ko‘krak kerib, "bolam Toshkanda falon joyda o‘qiydi" deyoladi.

Lekin bu intiho emas. Aksincha, katta hayotingni debochasi.

Shu paytgacha nima qilganingdanam ko‘ra, endi nima bilan mashg‘ul bo‘lishing muhimroq.

Poytaxtga kelib olding. Buyog‘i bazm jamshid, katta hayot, play station emas, balki karyera qurishingga, tajriba oshirishing va networking uchun ajoyib imkoniyat.

Sendagi sharoit 10 boladan birida bo‘lsa bor, bo‘lmasa undayam yo‘q.

Qayoqqa qarama har xil yo‘llar chiqib keladi.
Chuqur o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan fanlar, o‘ziga shogird yoki kadr qidirib yurgan domlalar, jamoa tuzsang xohlagan loyihaniyam yorvoreyshn qilib tashlaydigan ko‘zi yonib turgan bolalar...
Kursni bitirishing bilan mana ish deb turgan jamoalar...
Meni o‘qi, mendan o‘rgan deb turgan kitoblar...
Kuchli komandalar va shunga yarasha proyektlar...
Chet elda o‘qish uchun ham shart-sharoitlar va mentorlar

Bu imkoniyatlar turganda seni el qatori oddiy odam bo‘lishing aslida sharmandali holat.

Buyog‘i intizomingga bog‘liq.
Qancha bola o‘qishga kirolmadi.
Kirganlariyam hammasi o‘qimayapti
O‘qiyotganlarniyam o‘zlari istar istamas topshirgan universitetida o‘qishyapti ko‘pchiligi.

Ota onang shuncha ishonch va umidlar bilan jo‘natdi.
Endiyam o‘qimaysanmi ko‘ramiz.
Osonmi o‘z farzandini musofirlikka yolg‘iz jo‘natish.

O‘qiyapsan. Shu o‘qishingni asl narxnini hisoblaylikchi.

1. Kontrakt. 7 100 000 yiliga. Haqiqiy o‘qishingning narxi faqat bu emas.
2. Turar joy. 250 000dan 2 500 000 deb olamiz ta‘tillar bilan.
3. Maishiy va favqulodda chiqimlar. Oyiga o‘rtacha biz kutmagan 100 000 chiqim bo‘ladi. 1 000 000
4. Oziq ovqat. Oyiga 500 000 dan kamida. 10 oyda 5 000 000.

5. Va agar hozir o‘qimasdan ishlayotganingda ma‘lum miqdorda oylik ham olayotgan bo‘larding. Bu opportunity cost deyiladi. Oyiga 2 000 000dan 20 000 000

O‘rtacha 35 million atrofida yiliga.
4 yilda 140 million. Shunda sen hozir oilangdan shuncha pul olib, o‘qiyapman deb yuribsan nomiga. Seni bunga haqqing bormi?
Aslo yo‘q!
Orqangda oilang - ota-onang ukalaring va singillaring turgan paytda senga bundan ortiq yana qanday motivatsiya kerak?