Get Mystery Box with random crypto!

​​Ilmni har kimdan, har joydan o'rganish kerak Ilm - har kimd | KAIZEN | Shaxsiy komillik sari

​​Ilmni har kimdan, har joydan o'rganish kerak

Ilm
- har kimdan, har joydan o'rganish kerak bo'lgan bahosi yo'q eng qimmat narsadir. Shu bilan birga, biz unga intilsak, u ham bizga intiladi va butun boyliklarga bizni yetaklaydi. Lekin, ming afsuski hozirgi kunda ilm olishga bo'lgan munosabatimiz o'zgarib ketdi.

Yaponlarni ko'p misol qilib ko'rsatamiz. Nega? Chunki ular isbotlab qo'ydi. Ilm oldi, amalda qo'lladi va butun dunyo ularni tan oldi. Yapon xalqi kamtar bo'ladi. O'zi bilsa ham, maqtanishni yomon ko'radi. Shuni ham aytish kerakki, og'izda emas, amalda isbotlaydi.

Bizning ota-boblarimiz tengsiz bo'lishgan. Buni har birimiz bilamiz va faxrlanamiz. Ammo, ularga mos avlod bo'la oldikmi bu juda katta so'roq ostida. Ajdodlarimiz bilan qancha faxlansak arziydi. Biroq, o'zimizning hozirgi holatimiz bilan emas.

Ilmni har kimdan, har joydan o'rganish kerak. Va uni tahlil, tafakkur va anglab, amalda ham qo'llash kerak. Dunyo mamlakatlari bizni tan olishni istar ekanmiz, har soniya, har daqiqa, har soat ilm olishimiz zarur. U yapondan bo'lsin, amerikalikdan bo'lsin, rusdan bo'lsin, arabdan bo'lsin, xullas kimdan bo'lishining ahamiyati yo'q. To'g'ri va manfaatli ilm - har doim foyda olib keladi.

Faqat olgan bilimimizni millat uchun, vatan uchun, jamiyat uchun to'g'ri ishlata olsak bas. Marra bizniki bo'ladi. Ilm olishda, mehnat qilishda, biznes qilishda, jamiyat uchun hissa qo'shishda, har bir ishda birlashaylik. Biz ham ajdodlarimizning munosib davomchisi bo'lishni istasak, avlodlarimizga munosib o'rnak bo'lishimiz kerak.

Kaizenni kuzatishda davom eting. Fikr va mulohazalaringizni qoldiring.

@kaizen_jp_uz