Get Mystery Box with random crypto!

​​'Men uchun, g'oyalar amalga oshirilmasa hech narsaga arzimay | KAIZEN | Shaxsiy komillik sari

​​"Men uchun, g'oyalar amalga oshirilmasa hech narsaga arzimaydi. Ular shunchaki ko'paytiruvchi. Amalga oshirish, millionlab qiymatga egadir."
- Stiv Jobs

Hozirgi kunda oramizda yangi fikr yoki g'oya beruvchilar juda ko'p uchraydi, lekin afsuski o'sha zo'r g'oyalarni amalga oshira oladiganlar esa juda kam. Albatta, biror loyihani amalga oshirishda, har bir jamoada turli xil va yangi g'oyalar beruvchi insonlarni o'rni ham muhim. Ammo, o'sha ajoyib g'oyalar amalga oshirilmasa ularning qiymati yo'q bo'lib, Stiv Jobs aytganidek ular hech narsaga arzimaydi.

Bir qarashda biznesdagi yoki biror loyihadagi muvaffaqiyat formulasi juda oddiy tuyilishi mumkin, ya'ni ajoyib g'oya bo'lib, uni amalga oshirsa, natija muvaffaqiyatli bo'ladi deb o'ylashimiz mumkin.

Aslida esa boshqacharoq bo'ladi. Ajoyib g'oya (ya'ni uni yaxshilab rejalashtirish, ajoyib jamoaviy ish, turli ko'nikma va tajribalar), qolaversa effort (kuch), va yana anchagina vaqt, mana shular jamlansagina muvaffaqiyatli natijaga erishish mumkin.
Eng qiziqarligi, hatto yomon (yoki uncha yaxshi emas deb o'ylangan) g'oyalarni ham yaxshilab rejalashtirib, to'g'ri amalga oshirilsa ajoyib natijaga erishish mumkin.

Biznesingizdagi, yoki biror loyihangizdagi muvaffaqiyat, siz va jamoangizdagilarning g'oyani qanchalik to'g'ri va yaxshi amalga oshirishi bog'liq bo'ladi.

Esingizda bo'lsin: hozir oldingizda turgan narsaga e'tiboringizni qarating (xayol qilishni to'xtating) va maqsadlaringizga erishish uchun kerakli qadamlarni qo'ying.

Postimizni oxirida, yana bir mashhur insonning bir gapini eslab o'tmoqchimiz. "Ko'p ajoyib g'oyalar bor, lekin muvaffaqiyatli amalga oshirilgan g'oyalar, juda kam".

@kaizen_jp_uz