Get Mystery Box with random crypto!

Shaxsiy kabinet

Telegram kanalining logotibi kab1netim — Shaxsiy kabinet S
Telegram kanalining logotibi kab1netim — Shaxsiy kabinet
Kanal manzili: @kab1netim
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 69
Kanalning ta’rifi

• Sophomore student of UZSWLU
• IELTS 6.0 holder
• Participant - Wiki camp - 2022
• Participant - Ibrat-Wiki camp- 2023

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-03-27 20:31:22
“Over my dead body”

@kab1netim
32 viewsHasan Alimov, edited  17:31
Ochish/sharhlash
2023-03-27 19:28:04 #ibratli
#Alohida_hurmatga_ega
Bir kuni bozorga borishim kerak edi. Roʻzgʻorga kerakli narsalar olish zarurati bilan yoʻlga tushdim. Yoʻl davomida miyamda roʻyxat tuzib oldim(Uyda onajonim qogʻozga erinmay yozib beradilar – kamroq vaqt sarflash maqsadida. Chunki maqsad aniq boʻlsa, unga erishish nisbatan osonroq boʻlar ekan!). Narxlar va sifatni solishtirib bozor keza boshladim va oʻzimga maʼqul sotuvchini topdim.
-Aka, sizga nima beray?
Indamadim. Chunki boshqa xaridorga xizmat koʻrsatilayotgan edi.
-Aka, sizga nima beray?
Bu safar ham indamadim. Orqa fonda esa Qurʼon oyatlari yangrardi(ORQA FONDA!).
-Aka, sizga nima beray?
Javob berdim: "Avval telefondan Kalom qiroatini toʻxtating, keyin gapiraman"
...
Kerakli mahsulotlarni oldim. Yana savol berildi:
-Aka, bozorda Qurʼon tinglab boʻlmaydimi?
-Qurʼon eshitishga cheklov yoʻq. Ammo uning hurmati qayerda qolyapti. Allohning kalomi yangrasa-yu, biz tengma-teng gapirib tursak, bu qanday boʻladi.
---------------------------------------------------------
Biz ilmsizmiz. Bu ayni xatoliklar sababchisi, menimcha.

Kuningiz xayrli oʻtsin, Alloh hammamizni ilmimizga ilm qoʻshib, ziyoda qilsin

@alpinistisoptimistic
29 viewsHasan Alimov, 16:28
Ochish/sharhlash
2023-03-26 08:52:07
Tomas Alva Edison…

@kab1netim
31 viewsHasan Alimov, edited  05:52
Ochish/sharhlash
2023-03-25 15:44:54 #chopilgan
#kayfiyat

Ovozing qanchalar katta kuchga ega ekanini, “Openbudget”ga ovoz yig‘ib yurganlar senga mo‘ltirab turganda bilarkansan))

@kab1netim
34 viewsHasan Alimov, 12:44
Ochish/sharhlash
2023-03-22 16:58:11 Ramazon oyi muborak

@kab1netim
52 viewsHasan Alimov, 13:58
Ochish/sharhlash
2023-03-22 14:38:31 Toshkentga…

#RoadToTashkent
56 viewsHasan Alimov, edited  11:38
Ochish/sharhlash
2023-03-21 20:03:35
Yaxshi, aytib turarkan….
22 viewsHasan Alimov, edited  17:03
Ochish/sharhlash
2023-03-19 20:51:09 Qo'riqxona

Asraymiz o‘simlik xillarin tayin,
Asraymiz hayvonlar kamyob zotini.
Hatto atroflarin o‘rab atayin
Qo‘riqxona deymiz so‘ngra otini.

Sayoq ovchilarga u yon yo‘l bo‘lsin,
Jarima solamiz, qamaymiz hatto.
To u jonzotlarni tinchiga qo‘ysin,
Qirilib bitmasin tirik dunyo to.

Munis mavjudotga mehr-u shafqat bu,
Bu inson qalbida balqqan hamiyat.
To yashar qaydadir bu yanglig‘ tuyg‘u,
Har nechuk qirilib ketmas tabiat.

Olamda ko‘p narsa kamyob bir qadar,
Ne-ne tuyg‘ular ham kamyobdir, alhol.
Men derdim sof qalbni uchratgan safar,
Darhol o‘rab oling atrofin, darhol.

Insof yo‘qolmasin, o‘rang mustahkam,
To uni yuzsizlik etmasin xarob.
Ezgulikni asrang, olamda u ham
Tojdor turna kabi bo‘lmasin kamyob.

Oqibatni asrang, oqibat go‘yo
Ayiqday qaydadir topmasin zavol.
Hayoni asrangiz, kuymasin hayo
Otashga duch kelgan polapon misol.

Imonni asrangiz, u doim tanho,
Undadir mujassam inson matlabi.
Avlodlar axtarib yurmasinlar to,
Uni allaqanday Qor odam kabi.

Vijdonni asrangiz har nedan ortiq,
Yagona zaminni asragansimon.
Bobolardan qolgan noyob bu tortiq
Toki avlodlarga yetolsin omon.

Ezgu, latif hislar bo‘lmasin tahqir,
Bulbulni boyqushga topshirmang zinhor.
Xudbin va dilozor kimsaning, axir,
Og‘zi qon yirtqichdan qanday farqi bor?!

To‘qayga o‘t ketsa yongay bus-butun,
Adolat borliqqa yolg‘iz onadir.
Dunyo ham, insonlar qalbi ham bugun
Yovuzlikdan zada Qo‘riqxonadir.

Abdulla Oripov

@kab1netim
29 viewsHasan Alimov, 17:51
Ochish/sharhlash
2023-03-19 19:08:39 Open budget hamma joyda trendda. Telegramdagi shaxsiyim esa Open budget silkalariga toʻlib ketdi

P.S. Sizdayam shundaymi

@kab1netim
33 viewsHasan Alimov, 16:08
Ochish/sharhlash
2023-03-19 14:24:25
Yomgʻir…

@kab1netim
31 viewsHasan Alimov, 11:24
Ochish/sharhlash