Get Mystery Box with random crypto!

#ibratli #Alohida_hurmatga_ega Bir kuni bozorga borishim kerak | Shaxsiy kabinet

#ibratli
#Alohida_hurmatga_ega
Bir kuni bozorga borishim kerak edi. Roʻzgʻorga kerakli narsalar olish zarurati bilan yoʻlga tushdim. Yoʻl davomida miyamda roʻyxat tuzib oldim(Uyda onajonim qogʻozga erinmay yozib beradilar – kamroq vaqt sarflash maqsadida. Chunki maqsad aniq boʻlsa, unga erishish nisbatan osonroq boʻlar ekan!). Narxlar va sifatni solishtirib bozor keza boshladim va oʻzimga maʼqul sotuvchini topdim.
-Aka, sizga nima beray?
Indamadim. Chunki boshqa xaridorga xizmat koʻrsatilayotgan edi.
-Aka, sizga nima beray?
Bu safar ham indamadim. Orqa fonda esa Qurʼon oyatlari yangrardi(ORQA FONDA!).
-Aka, sizga nima beray?
Javob berdim: "Avval telefondan Kalom qiroatini toʻxtating, keyin gapiraman"
...
Kerakli mahsulotlarni oldim. Yana savol berildi:
-Aka, bozorda Qurʼon tinglab boʻlmaydimi?
-Qurʼon eshitishga cheklov yoʻq. Ammo uning hurmati qayerda qolyapti. Allohning kalomi yangrasa-yu, biz tengma-teng gapirib tursak, bu qanday boʻladi.
---------------------------------------------------------
Biz ilmsizmiz. Bu ayni xatoliklar sababchisi, menimcha.

Kuningiz xayrli oʻtsin, Alloh hammamizni ilmimizga ilm qoʻshib, ziyoda qilsin

@alpinistisoptimistic