Get Mystery Box with random crypto!

Judo Uz

Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz J
Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz
Kanal manzili: @judouz
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 17.88K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasining rasmiy kanali! Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin!
➖➖➖➖➖
Официальный канал Федерации Дзюдо Узбекистана! Тут вы сможете получить все новости, объявления и важную информ

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 16

2023-04-03 10:53:23
Fransiyaga atalgan Antaliya "Katta Dubulg‘a" turniri yakunlandi

Uch kun davomida Turkiyaning Antaliya shahrida "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnir bo‘lib o‘tdi.

Mukofot jamg‘armasi 154 000 yevroni tashkil etuvchi musobaqada bu yil uchun rekord - 83 davlatdan 600 nafar dzyudochi medallar hamda Parij Olimpiadasi yo‘lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun bahs olib bordi. Yakunda Fransiya terma jamoasi 5 ta oltin, 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Niderlandiya 2 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, braziliyalik dzyudochilar 2 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasashdi. Yaponiya, Turkiya, Belgiya, Avstriya va Italiya terma jamoalari bir nafardan chempionga ega bo‘lishdi. Jami 28 davlat delegatsiyalarining kamida 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgani dzyudo sport turining dunyo bo‘ylab rivojlanib borayotganini tasdiqladi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
8.1K views07:53
Ochish/sharhlash
2023-04-03 10:34:23
Terma jamoamizning jahon chempionatiga tayyorgarligi davom etmoqda

Shu kunlarda poytaxt viloyatining Chirchiq shahrida O‘zbekiston kattalar terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi ishtirokidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davom etmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasining kuniga ikki mahaldan o`tkazilayotgan ushbu mashg`uloti Qatar mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik bosqich vazifasini o`tab beryapti.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
8.6K views07:34
Ochish/sharhlash
2023-04-02 03:39:52
Bugun Antaliyada og’ir vaznli dzyudochilarimizga muxlislik qilamiz!

Bugun Turkiyaning Antaliya shahrida dzyudo bo’yicha “Katta Dubulg’a” turniri yakunlanadi. Og’ir vazn toifalarida kechadigan yakunlovchi kunda 5 nafar hamyurtimiz medallar uchun tatamiga chiqadi.

Dzyudochilarimizning ilk raqiblari:

-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva - Eyk Zurnach (Turkiya)

+78 kg: Rinata Ilmatova - Sandra Yablonskayt (Litva)

-90 kg: Zufarbek O‘rolov - Ervin Kulhaj (Albaniya)

-100 kg: Suhrob Rajabov - Nurlihan Sharhan (Qozog`iston)

+100 kg: Shohruh Mamarasulov - Jamal Gamzathanov (Ozarbayjon)

Обуна бўлинг Telegram
1.6K viewsedited  00:39
Ochish/sharhlash
2023-04-01 19:15:25
Jarohat va tizzasining og`rig`iga qaramay bellashuvni davom ettirishga harakat qilgan Sharofiddin Boltaboyevga ham, tatamidan chiqib ketishda jentelmenlik ko`rsatgan va g`alabasini nishonlamagan kanadalik dzyudochiga ham RESPECT!!!

Обуна бўлинг
Telegram
6.6K views16:15
Ochish/sharhlash
2023-04-01 18:44:18
Sharofiddin Boltaboyevga jarohat pand berdi

Dzyudo boʻyicha Antalya “Katta Dubulgʻa” musobaqasining ikkinchi kungi bahslari yakuni sari yaqinlashmoqda. Hozirgina hamyurtimiz Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) bronza medali uchun kechgan bellashuvda kanadalik Frankois Drapeunga qarshi tatamiga chiqdi. Afsuski, tizzasidagi jarohat dzyudochimizga pand berdi va u bahsni yakuniga yetkaza olmadi...

Обуна бўлинг Telegram
6.9K viewsedited  15:44
Ochish/sharhlash
2023-04-01 14:22:56
Sharofiddin Boltaboyev bronza medali uchun tatamiga chiqadi

Dzyudo boʻyicha Antalya “Katta Dubulgʻa” musobaqasining ikkinchi kunida saralash bahslari yakuniga yetdi. Unga koʻra, hamyurtimiz Sharofiddin Boltaboyev kechki dasturda bronza medali uchun kurashadigan boʻldi.

-81 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan polvonimiz yarim finalda ozarbayjonlik Said Mullaiga imkoniyatni boy berib qoʻydi. Endi u shohsupaga koʻtarilish uchun kanadalik Frankois Drapeuga qarshi tatamiga chiqadi.

Обуна бўлинг Telegram
8.4K viewsedited  11:22
Ochish/sharhlash
2023-04-01 13:31:50
Sharofiddin Boltaboyevni 1/2 finalga olib chiqqan vazari...

Обуна бўлинг
Telegram
9.2K views10:31
Ochish/sharhlash
2023-04-01 13:23:30
Sharofiddin Boltaboyev 1/2 finalda!!!

Hamyurtimiz 1/4 finalda braziliyalik Eduardo Santosni qo`shimcha daqiqalarda vazari bahosi evaziga mag`lubiyatga uchratdi. Endi u final chiptasi uchun ozarbayjonlik raqibi Saeid Mollaeiga qarshi tatamiga chiqadi...

Обуна бўлинг
Telegram
9.7K viewsedited  10:23
Ochish/sharhlash
2023-04-01 12:36:01
Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) qozog`istonlik Abilayxan Jubanazarni so`nggi soniyalardagi vazari bahosi evaziga taslim etdi. Endi u 1/4 finalda braziliyalik Eduardo Santosga qarshi tatamiga chiqadi...

Обуна бўлинг
Telegram
9.7K views09:36
Ochish/sharhlash
2023-04-01 12:11:44
20 yoshli Nurbek Murtazoyev Tokyo Olimpiadasi sovrindori, Jahon chempioni Matias Kassega asekomi bahosi bilan imkoniyatni boy bergan bo'lsa-da, belgiyalik nomdor raqibini chiroyli tarzda vazariga tashladi. Bu bellashuvda tajriba o`z so`zini aytdi...

Обуна бўлинг
Telegram
9.2K viewsedited  09:11
Ochish/sharhlash