Get Mystery Box with random crypto!

Jobo.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi jobouzrasmiy — Jobo.uz | Rasmiy kanal J
Telegram kanalining logotibi jobouzrasmiy — Jobo.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @jobouzrasmiy
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.42K
Kanalning ta’rifi

Kompaniyangiz rivojiga hissa qoʻshuvchi malakali xodimni topishga yordam beramiz.
Jobo.uz – talab va taklif birlashgan manzil!
Yuridik shaxslar uchun: 998946999944
E'lonlar kanalimiz: @jobouz
Savollar uchun: @jobouzbot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 3

2022-06-23 18:30:55
Kuch – birlikda: Jamoaviy ahillik nima uchun muhim?

Kompaniyangiz xodimlariga qanchalar yaxshi sharoit yaratib bermang, jamoaviy ahillikni taʼminlay olmas ekansiz, ish siz kutgan natijani bermaydi. Yaxshi natijaga erishish uchun professionallar jamoasini bir yerga yigʻishgina emas, ularni bir yoqadan bosh chiqarib ishlashga undash ham kerak!

Amerikaning Oyago universiteti olimlari buni tadqiqot yordamida isbotlab berishgan: ular ikkita guruhga bir hil vazifalarni taqsimlashgan. Birinchi guruh ahil va inoq jamoa vakillari, ikkinchi guruh esa oʻzaro tanish boʻlmagan mutaxassislardan iborat edi. Doʻstona aloqalarga ega boʻlgan jamoa vakillari vazifalarni ikkinchi guruhga qaraganda bir necha barobar yaxshiroq bajarishgan.

Kompaniyangiz rivoji siz uchun muhimmi? Eʼtiborni jamoaga qarating! Xodimlaringiz oʻrtasidagi doʻstona aloqalar, hazil-huzullar, sogʻlom muhit va koʻtarinki kayfiyat – faqat sizning foydangizga ishlaydi!

Rasmiy sayt | Instagram | Telegram | Facebook
1.9K viewsedited  15:30
Ochish/sharhlash
2022-06-15 13:15:41
Kelajakni oʻzgartirishni istaysizmi? Buni hoziroq amalga oshirish mumkin!

Kompaniyangiz 5-7 yildan keyin yetakchilar qatorida boʻlishi uchun harakatni bugundanoq boshlash lozim. Atrofingizga soha mutaxassislarini jamlang, eng yaxshi natijadan kamiga rozi boʻlmang!

Mutaxassislar koʻp emas deysizmi? Adashasiz! Boʻsh ish oʻrni haqidagi eʼloningizni kanalimizga joylang, nomzodlarning qanchalar koʻp ekanligidan lol qolasiz!

E'lon joylash
+998712086699

Rasmiy sayt | Instagram | Telegram | Facebook
21.9K views10:15
Ochish/sharhlash
2022-06-11 09:00:00
Malakali xodim topish kerakmi? Muammo yoʻq!

Kompaniyalarning muvaffaqiyatga erishishida tajribali, malakali va professional xodimlar jamoasi muhim rol oʻynaydi. Ammo, soha mutaxassislarini izlab topish sizdan koʻp vaqt va kuch talab qilishi mumkin.

Jobo.uz onlayn platformasi ish beruvchilarga malakali xodimlar topishga koʻmaklashadi. Saytda kompaniya vakillari uchun vakansiya qoldirish, nomzodlarning rezyumelari bilan tanishib chiqish imkoniyati ham mavjud.

Jobo.uz saytidan qanday qilib roʻyxatdan oʻtish kerakligi bizning ushbu videorolikda batafsil tushuntirilgan.

Jobo telegram kanaliga e'lon joylash

Bizning aloqa markazimiz: +998712086699

Rasmiy sayt | Instagram | Telegram | Facebook
7.3K viewsedited  06:00
Ochish/sharhlash
2022-06-09 10:52:19
Yaxshi xodim qanday boʻlishi kerak?

“Malakali xodimlarni ishga olib, ularga nima qilish kerakligini tushuntirishdan hech qanday maʼno yoʻq. Biz malakali xodimlarni ular bizga nima qilish kerakligini aytishlari uchun ishga olamiz”. Stiv Jobs

Aytilgan ishlarni bajarishning oʻzi bilan rivojlanish juda qiyin. Aytilmagan ishni ham qoyillatadigan, ajoyib gʻoyalar bilan ishga foyda olib keladigan xodimlari bor kompaniyani raqobatchilardan bir qadam oldinda deb hisoblash mumkin.

Sizga ham ana shunday xodimlar kerakmi? Unday boʻlsa bizga hoziroq murojaat qiling:

+998712086699

Rasmiy sayt | Instagram | Telegram | Facebook
3.0K views07:52
Ochish/sharhlash
2022-06-08 18:59:54 Xanting yohud malakali xodimlarni “ovlash” sanʼati

Kompaniyalar oʻrtasidagi kuchli raqobat sharoitida malakali xodimlarni topish uchun anchagina ter toʻkishga toʻgʻri keladi. Soha mutaxassislari oʻz ishlarini allaqachon yoʻlga qoʻyib olishgan, tajribasiz xodimlarni ishga oʻrgatish uchun ortiqcha kuch hamda vaqt kerak... Bunday vaziyatda HR-mutaxassislar boshqa bir kompaniyada ishlaydigan tajribali xodimni oʻzlari tomonga ogʻdirib olish rejasini tuzishadi.

Xanting atamasi asosini ingliz tilidagi “hunt” – “ovlash” soʻzi tashkil etadi. Bu maʼlum bir kompaniyada faoliyat olib boruvchi mutaxassisni “ovlash”, uni rekruter yordamida ikkinchi kompaniyaga ishga oʻtkazish jarayoni hisoblanadi. Xanting bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar “xed-xanterlar” deb ataladi.

Xed-xanting uchun buyurtma bergan kompaniya “ovlanayotgan” mutaxassis unga foyda keltirishini aniq biladi va uni oʻz tomoniga ogʻdirib olish uchun ajoyib takliflarni oʻrtaga tashlaydi. Ish beruvchining imkoniyatlari va qiziqishlari mutaxassisning talablariga mos kelgan holatda xodim “qopqonga tushadi” va yangi kompaniyada ish boshlaydi.

Xanting usuli xorijlik HR-mutaxassislar tomonidan keng qoʻllanilsa-da, Islom dinida boshqa bir kompaniyaning xodimiga “koʻz tikish” oqlanmaydi. Shu boisdan, xanting usulini qoʻllash oʻrniga oʻz xodimlaringizni oʻqitish, ularning malakasini oshirish va rivojlanishlari uchun sharoit yaratib berish tavsiya etiladi.

Rasmiy sayt | Instagram | Telegram | Facebook
2.6K viewsedited  15:59
Ochish/sharhlash
2022-06-08 18:58:54
2.3K viewsedited  15:58
Ochish/sharhlash
2022-06-07 07:59:55
"Jobo" dan “qaynoq” chegirmani kutib oling!

Jobo.uz konsalting agentligi ish beruvchi kompaniyalar uchun MEGA chegirma eʼlon qildi! Malakali xodimlar topish va vakansiyalarni maqsadli auditoriyaga yoʻnaltirish xizmatlaridan 20% chegirma asosida foydalanishga ulgurib qoling.

Aksiya bor-yoʻgʻi 3 kun davom etadi va ushbu vaqt mobaynida bizga murojaat qilgan ish beruvchilarning barchalari professional xizmatlardan arzonlashtirilgan narxda foydalanish imkoniyatiga ega boʻladilar!

Chegirma @jobouz va @jobouzrasmiy telegram kanallarining obunachilari uchun amal qiladi.

Fursatni qoʻldan boy bermang. Hoziroq murojaat qiling va mutaxassislarimizdan bepul konsultatsiyaga ega boʻling.

+998712086699

Rasmiy sayt | Instagram | Telegram | Facebook
30.4K views04:59
Ochish/sharhlash
2022-06-05 10:45:34
Rezyumeying soz boʻlsa, mashaqqating oz boʻlur...

Britaniyalik mutaxassislar oliygohni bitirayotgan talabalardan tortib, top-menejer sifatida faoliyat olib borgan nomzodlarning rezyumelarigacha oʻrganib chiqish davomida ulardan 98%i talablarga javob bera olmasligini aniqlashgan.

Siz ishga kirishni orzu qilgan kompaniya rezyumeyingizni qabul qilgach, unga hech qanday javob qaytarmadimi? Suhbatga taklif qilishlarini kutaverib charchadingizmi? Balki buning sababi rezyumeyingizdagi koʻz ilgʻamas xatolardir?!

Rezyume tayyorlashda yoʻl qoʻyiladigan odatiy xatolar haqida bizning navbatdagi videorolik orqali bilib olasiz:

Toʻliq videoni tomosha qilish!

Rasmiy sayt | Instagram | Telegram | Facebook
2.2K views07:45
Ochish/sharhlash
2022-06-02 16:40:00
Jobo.uz ni tanlash uchun 5 sabab

Daromadli ish topish uchun butun shahardagi eʼlonlarni birma-bir koʻrib chiqish, tanish-bilishlarni ishga solish, oylab ishsiz yurish davri oʻtdi. Jobo.uz ish izlayotgan nomzodlar va xodim izlayotgan rahbarlarni bir manzilda uchrashtirish uchun yaratilgan. Biz bugun uning afzalliklari haqida sizga batafsil soʻzlab beramiz va nima uchun Jobo.uz ni tanlab xato qilmasligingizni tushuntiramiz.

Batafsil . . .

Rasmiy sayt | Instagram | Telegram | Facebook
40.0K views13:40
Ochish/sharhlash
2022-05-31 08:00:32
“Apple”ni “Apple” qilgan ham, “SpaceX”ning raketalarini kosmosga uchirgan ham ... xodimlar!

Stiv Jobs nima uchun rahbarlarga oʻrtamiyona xodimlarni hech qachon ishga olmaslikni maslahat bergan, bilasizmi? Ilon Maskning kompaniyalariga ishga kirish uchun xodimlar qanday chigʻiriqlardan oʻtishlarini-chi?

Jobo.uz kompaniyangiz uchun malakali xodimlarni topishga yordam beribgina qolmay, sizni mashhur tadbirkorlarning foydali tavsiyalari bilan ham tanishtirib boradi!

Balki ularning maslahatlarini siz ham oʻz tajribangizda sinab koʻrarsiz?!

Xodim topishda qiynalayotgan bo'lsangiz bizga murojaat qiling : +998712086699

Rasmiy sayt | Instagram | Telegram | Facebook
4.7K viewsedited  05:00
Ochish/sharhlash