Get Mystery Box with random crypto!

Xanting yohud malakali xodimlarni “ovlash” sanʼati Kompaniy | Jobo.uz | Rasmiy kanal

Xanting yohud malakali xodimlarni “ovlash” sanʼati

Kompaniyalar oʻrtasidagi kuchli raqobat sharoitida malakali xodimlarni topish uchun anchagina ter toʻkishga toʻgʻri keladi. Soha mutaxassislari oʻz ishlarini allaqachon yoʻlga qoʻyib olishgan, tajribasiz xodimlarni ishga oʻrgatish uchun ortiqcha kuch hamda vaqt kerak... Bunday vaziyatda HR-mutaxassislar boshqa bir kompaniyada ishlaydigan tajribali xodimni oʻzlari tomonga ogʻdirib olish rejasini tuzishadi.

Xanting atamasi asosini ingliz tilidagi “hunt” – “ovlash” soʻzi tashkil etadi. Bu maʼlum bir kompaniyada faoliyat olib boruvchi mutaxassisni “ovlash”, uni rekruter yordamida ikkinchi kompaniyaga ishga oʻtkazish jarayoni hisoblanadi. Xanting bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar “xed-xanterlar” deb ataladi.

Xed-xanting uchun buyurtma bergan kompaniya “ovlanayotgan” mutaxassis unga foyda keltirishini aniq biladi va uni oʻz tomoniga ogʻdirib olish uchun ajoyib takliflarni oʻrtaga tashlaydi. Ish beruvchining imkoniyatlari va qiziqishlari mutaxassisning talablariga mos kelgan holatda xodim “qopqonga tushadi” va yangi kompaniyada ish boshlaydi.

Xanting usuli xorijlik HR-mutaxassislar tomonidan keng qoʻllanilsa-da, Islom dinida boshqa bir kompaniyaning xodimiga “koʻz tikish” oqlanmaydi. Shu boisdan, xanting usulini qoʻllash oʻrniga oʻz xodimlaringizni oʻqitish, ularning malakasini oshirish va rivojlanishlari uchun sharoit yaratib berish tavsiya etiladi.

Rasmiy sayt | Instagram | Telegram | Facebook