Get Mystery Box with random crypto!

YAXSHI NUTQ SO'ZLASH ODOBI Oramizdagi har bir odam auditoriya | JK: UNCHARTED

YAXSHI NUTQ SO'ZLASH ODOBI

Oramizdagi har bir odam auditoriya oldida ajoyib nutq qilishni xohlashi aniq. Hozir esa bir qancha kerakli kriteriyalarni ko'rib chiqamiz.

• Muhim so'zlarni alohida ta'kidlang, qolganlarini esa ularga bo'ysundiring.
• Ovozingiz ohangini o'zgartiring.
• Nutqingiz sur'atini (tezligini) o'zgartiring.
• Muhim fikrlardan avval va keyin to'xtab oling.

Ushbu qoidalarni sinab ko'rish uchun quyidagi misollarni ikki-uch marta takrorlab ko'ring. Ajratilib ko'rsatilgan so'zlarni sekin-asta, urg'u berib o'qing, qolgan qismidan tezlik bilan o'tib keting.

"Mening birgina fazilatim bor — hech qachon ruhan tushkunlikka tushmayman" (Marshal Fosh)
"Ta'limning eng oliy maqsadi — bilim berish emas, balki harakatdir" (Gerbert Spenser)
"Men sakson olti yil umr ko'rdim. Muvaffaqiyat cho'qqisiga chiqqan yuzlab odamlarni uchratdim. Muvaffaqiyatga erishishning barcha elementlari ichida eng zaruri — bu ishonchdir" (Kardinal Gibbons)

Endi o'zingiz ham yuqoridagi qoidalarni qo'llab ko'rgan holda, pastda keltirilgan jumlalarni o'qib ko'ring.

"Buyuk Amerika cho'llari Aydaho, Nyu-Meksika yoki Arizonada joylashgan emas. U o'rtacha bosh kiyimi ostida joylashgan. Buyuk Amerika cho'li — aslidan ko'ra aqliy faoliyat afzalroq makondir" (J.S. Noks)
"Inson bilan bog'liq balolardan xalos etuvchi hech qanday vosita yo'q; unga eng yaqin joylashgani — bu oshkoralikdir" (Professor Foksuell)

Yuqoridagi yo'riqlarga to'liq rioya qilib, bir uyum xato qilish mumkin. Bu tabiiy holdir. Shunchaki nutq uslubingizni takomillashtiring va to'xtab qolmang. Agar yanada to'liqroq ma'lumot kerak bo'lsa yoki tushunarsiz qismi mavjud bo'lsa, kommentariyalarda o'z fikringizni qoldiring.

P.S: Ozgina bo'lsa-da o'zgarish bo'ldimi?

@jkuncharted | #thoughts