Get Mystery Box with random crypto!

ROSSIYA BOSIB OLMAGANDA NIMA BO'LARDI? Albatta, bu mavzu eng | JK: UNCHARTED

ROSSIYA BOSIB OLMAGANDA NIMA BO'LARDI?

Albatta, bu mavzu eng og'riqli va javobsiz mavzu bo'lib, ma'lum bir fikr va qarashlar mavjuddir. Lekin asl javobni berish anchagina mushkul ekanligi kundek ravshan.

Mulohazalardan biri shunday:

"Agar Rossiya bosib olmaganda, biz ham ikkinchi Afg'onistonga aylanib, qoloq bo'lib qolar edik."

Buning tag zamiri nafaqat jismonan qul qilish, va balki ongimizni ham qullik zanjirida saqlab turishdan boshqa narsa emas. Chunki 1979-yildan boshlab iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanib kelayotgan Afg'oniston hududiga rus armiyasi bostirib kirib boradi va natijada, biz bilgan hozirgi Afg'oniston hosil bo'ldi.

Yana biri esa:

"Agar Rossiya bosib olmaganda boshqa davlatlar bosib olardi, masalan, Buyuk Britaniya yoki Usmoniylar imperiyasi."

Bunga ham e'tibor berilsa, millatni ich-ichidan sindirish bo'lib, qullikka yetaklaydigan tushunchadir. Axir, biz ham ozod yashashga haqlimiz-ku? Yoki aynan kimdir bosib olishi shartmi?

Siz nima deb o'ylaysiz, nima bo'lishi mumkin edi?

@jkuncharted | #thoughts