Get Mystery Box with random crypto!

Turmush oʻrtogʻim bilan hayotimiz rasman bogʻlanganiga 1 yil b | SOQQACHI BOLLA

Turmush oʻrtogʻim bilan hayotimiz rasman bogʻlanganiga 1 yil boʻldi. Toʻgʻri, bu kim uchundir juda qisqa muddat. Biroq bu meni qarashlarim, feʼl-atvorim, qaysidir maʼnoda hayotim oʻzgarishi uchun yetarli boʻldi. Shu vaqt mobaynida anglagan, takror amin boʻlgan xulosalar bilan boʻlishmoqchiman. Oʻylaymanki, bu tavsiyalar turmushga chiqmagan singillarimiz uchun foydali boʻladi.

1. Har narsaning oʻz vaqti, soati bor. Sizni qoʻlingizdan keladigan eng toʻgʻri yoʻl - juda koʻp bora Allohdan xayrli va butun umrlik umr turmush soʻrash va oʻzingiz ham maksimal darajada duoyingizdagi insonga mos boʻlishga intilish kerak.

2. Yana bir narsa, duolaringizda nafaqat yaxshi turmush oʻrtoq, balki iymonli, vijdonli qaynana-qaynata, qarindosh-urugʻlar soʻrashni ham unutmang. Ular yaxshigina hayotingizga dahl qila oladigan shaxslar boʻladi.

3. Koʻpchilik oylab, kerak boʻlsa yillab “gaplashib”, sinashib, “xarakter”ini bilib, turmush qurish kerak deyishadi. Ammo inson qancha harakat qilmasin, to yashab koʻrmaganicha odamni qanaqaligini bilolmaydi. Agar ikkilanish boʻlsa eng maqbuli - uchrashuvga chiqishdan oldin yoki keyin istihora qilish kerak.
(Lekin menda zarra ikkilanish boʻlmagani uchun bu namozni oʻqimaganman. Ikki marta uchrashib, Allohga tavakkal qilganman. Alhamdulillah, hozircha sal kechroq tegsam boʻlarkan degan fikrdan boshqasiga afsuslanmadim )

4. Toʻydan keyin kelishmovchiliklar boʻlmasligi uchun qizlar oldindan bola bilan keyingi hayoti (ish, oʻqish) xususida konkret gaplashib olishlari kerak.

5. Turmush instagramʻdagi ayrim blogerlar koʻrsatgani kabi hamisha rejadagidek chiroyli, tekis ketmaydi. Uning oʻziga yarasha sinovlari boʻladi. Ayol doim oʻz “men”ini, orzularini birinchiga qoʻyib, saodatga erisholmaydi. Ayol oilasi mustahkamligi uchun kerakli boʻlganida vaqtincha qurbonlik qilgan afzal. Chunki hamma sizni oʻrningizni sizdan-da yaxshirogʻini topa oladi, istagan payt siz bilan xayrlasha oladi. Lekin oilangiz har qachon sizni yoningizda boʻladi.

6. Hamma oilaning oʻzini tuzumi, odati bor. Kelinlar uzoq va tinch hayot kechirishni niyat qilar ekan, tushgan xonadonini qizlik uyi bilan hadeb solishtiravermasligi, hammasini boricha qabul qilib, koʻngani oʻziga koni foyda.

7. Qanchalik inkor etmaylik, bizning jamiyatda kelinlar mehnati, qaynona-qaynotasiga qilgan xizmati orqali koʻproq qadrlanadi, hurmat qozonadi. Shuning uchun qizlar oʻzini qiynamasdan bu oʻzgarmas qoidalarni qabul qilishi, koʻnikishi kerak.

8. Turmush qurib tushundimki, uy tozalash va uni ozoda saqlash, pazandalik ham bir sanʼat ekan. Qizlar yoqtirmalarda sanʼatga oshno tutinmoqlari, qancha koʻp malakaga ega boʻlsa faqat va faqat oʻzlari uchun foyda ekan.

9. Kelin yangi oila aʼzolarini koʻnglini olish uchun “maska” taqib, oʻzidan mehnatkash kelinni yasamasliklari kerak. Chunki, inson uzoq vaqt niqobda yasholmaydi, qolaversa, maksimal harakat qilib, kutilgan javobni ololmasa, ruxi sinib qoladi. Qolaversa, baʼzi odamlar teringizni shilib bersangiz ham rozi boʻlmaydi. Shuning uchun birovni rozi qilaman deb oʻzini oʻta qiynamagan maʼqul.

10. Biroq kelinlar yangi oilasida, qarindosh-urugʻlar bilan munosabatlarda feʼl-atvorni yashirgani, yaʼni kamgaproq, fikrini ochiq bildirmay yurgani maʼqul. (bu men kabi emotsiyalarini ochiq koʻrsatadigan, qoʻrqmay gapirib yuboradiganlarga tegishli)

11. Ertaga asabiylashib, yaqinlarini yomon koʻrib yurmasligi uchun boshidan shaxsiy chegaralarini oʻrnatgani, oʻziga yoqmagan ish qilinganda maksimal darajada chiroyli yoʻl bilan tushuntirgani maʼqul.

12. Toʻyda odatda “kelin emas qiz, qaynona esa ona boʻlsin” deb duo qilishadi. Lekin vaziyatga real qaraganda, kelin qaynonasiga oʻz onasidan koʻra koʻproq eʼtibor berib, xizmatini qilishini mumkin, biroq nima boʻlgan taqdirda ham qaynona kelinini oʻzini tuqqan bolasiday koʻrolmaydi, shu qatori kelinlar ham.Chunki har bir ayolda onalik va bolalik instinti bor. Munosabatlarda hissiyotlarga berilmay boricha qaralsa, yashash ancha yengillashadi.


Muallif: Xonzodabegim! Davomi..
#Jek
@Jek_Jiddiy