Get Mystery Box with random crypto!

#Andalus Andalus diyori 711-714 yillarda fath etildi... Musulm | Jamshid Rahmonqulov

#Andalus
Andalus diyori 711-714 yillarda fath etildi... Musulmonlar hukmi ostida Andalusda tom ma’nodagi diniy erkinlik ta’minlandi. Nasroniylar chekovga, yahudiylar sinagogaga emin-yerkin qatnaydigan bo‘lishdi. Musulmonlarning adolati va oliyjanobligi oldida taajjubda qolgan ahli kitoblarning ko‘pchiligi islomga kira boshladi... Musulmonlar yangi o‘lkada barchaga teng munosabatda bo‘lib, insonlar o‘rtasida birodarlikning ajoyib namunasiga asos soldilar. Jamiyatda boy va kambag‘al bor edi, lekin ularning o‘rtasida ijtimoiy tafovut yo‘q edi. Barcha musulmonlar birga davra qurishar, birga taomlanishar, birga ibodat qilishardi. Ular arab, barbar, ispan bo‘lib emas, aksincha, Andalus musulmonlari sifatida hayot kechirishdi. Mana shu insoniyat tarixining eng yorqin, eng shonli hikoyasi – musulmon Ispaniyasi tarixining boshlanishi edi.

"Andalus - bir tamaddun tarixi" kitobidan