Get Mystery Box with random crypto!

Sirdaryoda fuqaro 20 gektar yerni 70 ming dollarga sotmoqchi b | Jalol Murad

Sirdaryoda fuqaro 20 gektar yerni 70 ming dollarga sotmoqchi boʻldi

Sirdaryo viloyatida fuqaroga 20 gektar yer maydonini sotmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi. Bu Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bergan maʼlumotlarga koʻra, fuqaro J.D. otasi R. rahbarligidagi «M» fermer xoʻjaligiga qarashli 5 gektar yer maydoniga qoʻshib uning atrofidagi aslida egalik hujjati boʻlmagan yana 15 gektar yerni fuqaro L. ga sotmoqchi boʻlgan. Buning evaziga L. dan 70 000 AQSh dollari soʻragan.

J.D. tanishlari orqali yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 30 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.

@jalolmurad • Manba