Get Mystery Box with random crypto!

AQSh Xitoyni xalqaro savdoga 3 trln dollar zarar keltirishda a | Jalol Murad

AQSh Xitoyni xalqaro savdoga 3 trln dollar zarar keltirishda aybladi

Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi agressiv harakatlari xalqaro savdoga yiliga 3 trln AQSh dollari zarar keltirmoqda. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken o‘zining Indoneziyaga tashrifi doirasida aytib o‘tgan.

"Biz Janubiy Xitoy dengizida erkin kema qatnovi bo‘lishini istaymiz. U yerda Pekinning agressiv harakatlari qatnovga tahdid solmoqda, savdoga esa har yili 3 trln AQSh dollari zarar keltiradi" – dedi Blinken.

Bundan tashqari, Blinkenning qayd etishicha, har qanday mamlakat Hind-Tinch okeani regioni "qo‘rquv va zo‘rlov"dan xoli bo‘lishidan foyda ko‘radi.

@jalolmurad • Manba