Get Mystery Box with random crypto!

​​Turizm sohasi uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi Ayni | Jalol Murad

​​Turizm sohasi uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi

Ayni paytda Prezident boshchiligida videoselektor yig‘ilishi boshlangan. Bu haqida Prezident Matbuot kotibi xabar berdi.
Shuningdek, viodeoselektorda aholi soni, geografik joylashuvi, iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib hududlarda xizmatlarni 3 ta yo‘nalishda rivojlantirilishi ta’kidlangan.

Birinchi yo‘nalishda:
- xizmatlar 158 ta qishloq tumanlarining ixtisoslashuvidan kelib chiqib rivojlantiriladi;
- yirik turistik ob’yektlari mavjud 45 ta hamda 40 ta tog‘li va tog‘oldi tumanda “tayyor loyiha” asosida turizm xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi;
- yangi mehmonxona, dam olish maskanlari uch yil davomida mol-mulk va yer solig‘ini 2 barobar past stavkada to‘laydi;
- turizm sohasi uchun maxsus soliq rejimi joriy etilib, uch yil davomida aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliq 1 foiz stavkada, mol-mulk va yer soliqlari esa hisoblangan summadan 1 foizi miqdorida belgilanadi;
- oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida mehmon uylarini tashkil etish va ta’mirlash uchun ham imtiyozli kredit ajratiladi;
- qishloqlarda yangidan o‘rnatiladigan aloqa operatori stansiyalari mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi. Bazaviy stansiyalardan birgalikda foydalanish huquqi beriladi.

@jalolmurad • Manba