Get Mystery Box with random crypto!

Bitiruvchi talabalar ishga joylashishga majbur emas. Huquqshu | BuxDU Tabiiy fanlar Yoshlar Ittifoqi | Uyda qoling❗

Bitiruvchi talabalar ishga joylashishga majbur emas.

Huquqshunos bloger Xushnudbek yozmoqda:
Avvalroq kanalim orqali «Ishga joylashtirishning zargarona tizimi» sarlavhali post yozgandim.

Unda OTMlarda hamma bitiruvchilar ish bilan ta’minlanayotganligi haqida yolg‘on statistikani shakllantirish maqsadida talabalardan ishga kirganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma talab qilishlari, yo‘qsa yakuniy imtihonlarga kiritmaslik yoxud diplomini berishdan bosh tortish kabi holatlar haqida yozgandim.

Aslida OTM ma’muriyatining bunday talabi qonunga zid. Talabalar mustaqil ishga joylashishga yoki o‘zlari ish topib, uch tomonlama shartnoma olib kelishga majbur emas.

Byudjetda o‘qiganlarni ish bilan ta’minlashning alohida tartibi bor. Taqsimot komissiyasi byudjetda o‘qigan bitiruvchilarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlashi va yo‘llanma berishi kerak. Boshqacha aytganda ularni davlatning o‘zi ishga yo‘naltiradi va 3 yil davomida ular ishlab bergach, diplomining asl nusxasini berishadi. Batafsil.

To‘lov-kontraktda o‘qiganlar esa erkin qush. Istasa o‘qigan sohasi bo‘yicha ishga kiradi, istasa umuman boshqa yo‘nalishga o‘tib ketadi, istasa uyida mazza qilib yotadi (lekin unaqa qilmanglar, ishlash kerak).

Shu sababli mabodo qaysidir OTM ma’muriyati talabalardan mehnat daftarchasi yoki ishga joylashganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma talab qilishsa va diplomni berishdan bosh tortishsa, unda bu talab noqonuniy ekanligini ularga tushuntiring. Shunda ham tushunishmasa, tegishli tashkilotlarga shikoyat qiling.