Get Mystery Box with random crypto!

Ta’lim krediti haqida batafsil (davomi) Huquqiy asos: Vazirl | BuxDU Tabiiy fanlar Yoshlar Ittifoqi | Uyda qoling❗

Ta’lim krediti haqida batafsil (davomi)

Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 26.07.2001 yildagi “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida”gi 318-sonli qarori

Kredit miqdori: talaba va OTM o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasi miqdorida

Muddati: bakalavr bosqichi uchun - 10 yilgacha, magistratura bosqichi uchun - 5 yilgacha.

Foizi: ikki xil kategoriya bo‘yicha turli foizlarda beriladi:

a) chin yetimlarga, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga - nol foiz stavkasi (foizsiz kredit);

b) talabalarning qolgan toifalariga – Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda (hozir 16%).

Kimlarga beriladi: OTMlarga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning o‘zlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga.

Kredit ta’minoti: kredit ta’minoti sifatida quyidagilardan biri yoki bir nechtasi taqdim etilishi mumkin:

a) mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlarni garovga qo‘yish;
b) bankning kafolati;
v) uchinchi shaxsning kafilligi;
g) sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmasligi xavfi sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi;
d) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining kafilligi (faqat chin yetimlar va «Mehribonlik uylari»da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari va kam ta’minlangan oilalardan chiqqanlar uchun).