Get Mystery Box with random crypto!

Talaba qaysi hollarda OTMdan chetlashtiriladi? Talaba oliy | BuxDU Tabiiy fanlar Yoshlar Ittifoqi | Uyda qoling❗

Talaba qaysi hollarda OTMdan chetlashtiriladi?

Talaba oliy ta'lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin;
o'z xohishiga binoan;
o'qishning boshqa ta'lim muassasasiga ko'chirilishi munosabati bilan;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma'lumotnomasi asosida);
o'quv intizomini va OTMning ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
o'qish uchun belgilangan to'lov o'z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to'lov-kontrakt bo'yicha tahsil olayotganlar uchun);
talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
sud qaroriga ko'ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
vafot etganligi sababli.