Get Mystery Box with random crypto!

IT-MAVZU

Telegram kanalining logotibi itmavzu — IT-MAVZU I
Telegram kanalining logotibi itmavzu — IT-MAVZU
Kanal manzili: @itmavzu
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 15.67K
Kanalning ta’rifi

IT haqida yozuvchi eng sara telegram-loyihalardan biri.
Murojat uchun — @itmavzuads

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 40

2022-09-25 12:15:47
Ilon Maskdan muvaffaqiyatingiz kaliti nimada deb so’rashganda, u judayam oddiy javob beradi:

«Men ko’p kitob o’qiyman».


ILON MASKNI ILHOMLANTIRGAN 14 KITOB:

1. Uzuklar hukmdori. J.R.R. Tolkien.
2. Koinotda avtostop bilan.
3. Benjamin Franklin. Biografiya. Uolter Aysekson.
4. Eynshteyn. Uning hayoti va olami. U. Aysekson
5. Konstrukciyalar yohud narsalar nimaga buzilib ketmaydi. J. Gordon
6.’Ignition!: An Informal History of Liquid Rocket Propellants’J.D.Klark
7. ‘Sun’iy (super) aql. Bosqich, tahlika va strategiyalari’. Nik Bostrom.
8. ‘Noldan birgacha. Startaplardan bitiklar yohud kelajakni qanday o’zgartirish mumkin’. Piter Til.
9. ‘Hovard Hyuz. Uning hayoti va fojeaviy yakuni’. Donald Barlett va Jeyms Stil.
10. ‘Shubha savdogarlari’. Naomi Orestes va Erik Konuey.
11. The ‘Foundation’ trilogiyasi. Ayzek Azimov.
12. ‘Oy — shafqatsiz mezbon’. Robert Haynlayn.
13. ‘Madaniyat’ seriyali kitob. Ien M. Benks.
14. ‘So’nggi ixtiro’. Jeyms Barrat.Ilon

@ITmavzu
1.5K views09:15
Ochish/sharhlash
2022-09-24 11:00:02
IT dasturlarida ishlash uchun qanday noutbuk kerak?

Displey - Full HD 1920 x 1080, bundan kichigini sotib olmang;
Protsessor (CPU) - 3GHz yoki undan yuqori chastotali intel core i5 yoki i7;
Xotira (RAM) - 8 yoki 16 GB bo'lishi kerak;
Saqlash turi va hajmi - 1 TB HDD va qo'shimcha 256 yoki 512 SSD bo'lishi kerak;
Videokarta - 2 yoki 4 GB NVIDIA GeForce.

Bunday kompyuterlarni o'rtacha narxlari 500$ dan 1000$ gacha bo'ladi. Agar Sizda bunday mablag' bo'lmasa arzonroq narxga ishlatilgan noutbuk olsangiz ham bo'ladi.

@ITmavzu
1.7K views08:00
Ochish/sharhlash
2022-09-23 12:10:09
#video #montaj

Professional darajadagi video editor. Videolarni a'lo darajada montaj qiluvchi onlayn platforma. Asosiysi watermark yo'q.

LINK kapwing.com

@foydali_link
2.4K views09:10
Ochish/sharhlash
2022-09-23 09:17:47
Mashhur dasturlash tilida 15 yillik zaiflik topildi

Python dasturlash tilida kamida 15 yil davomida tuzatilmagan zaiflik aniqlandi. Bleeping Computer xabariga ko'ra, 2007 yildan beri kodda nuqson mavjudligi sababli, bu yuz minglab Python loyihalariga zarar yetkazishi mumkin.

Xavfsizlik muammosi birinchi marta 2007 yilda ommaga e'lon qilingan va CVE-2007-4559 bilan belgilangan. Biroq, bo'shliqni yopishning yagona mumkin bo'lgan yechimi ishlab chiquvchilarni xavf haqida ogohlantirish uchun hujjatlarni yangilash edi.
Qayd etilishicha, zaiflik ichki Python kodida joylashgan va hackerga fayllarni qayta yozish imkonini beradi.

@ITmavzu
2.9K viewsedited  06:17
Ochish/sharhlash
2022-09-22 09:43:37
#seminar

30-sentabr kuni soat 18:00da IT Park Toshkent filialida “Startapni qanday ishga tushirish va uni qanday qilib to‘g‘ri boshqarish kerak” mavzusida Startup Advice bo‘lib o‘tadi.

Tadbir spikeri — BDM (elektron hujjat aylanmasi), YOOU Share (Power Bank ijarasi) va Monetary (korporativ g‘aznachilik) kabi loyihalar asoschisi Dilshod Bobomuradov.

Tadbirda quyidagilarni bilib olasiz:

startapni loyihalashtirishni nimadan boshlash kerak;
monetizatsiya gʻoyasini qanday tekshirish kerak;
boshlash uchun qanday resurslar kerak;
loyihani qanday boshqarish kerak va u bilan ishlash jarayonida nimalarga eʼtibor berish kerak.

Uchrashuvga 29-sentabr 12:00 gacha ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin: https://bit.ly/3xHpMzH

30-sentabr,18:00| O'zbek-Rus| Bepul | IT Park Toshkent
2.7K views06:43
Ochish/sharhlash
2022-09-22 09:32:01
2022-yilda Toshkent shahridagi Puchon universiteti talabasi bo‘ling!

Siz axborot texnologiyalari sohasidagi ilg’or yo’nalishlardan birining talabasi bo’lishingiz mumkin:

● “Multimedia va o’yin kontenti” fakulteti.
● “Elektron biznes” fakulteti.
● “Axborot texnologiyalari” fakulteti.

Hujjatlarni qabul qilish 2022-yilning 29-sentabrgacha bo‘lib o‘tadi.

San'at va muhandislikni o'z ichiga olgan fakultet NCS tadqiqotlari, multimedia nazariyasi va o'yin kontenti asoslari, komikslar, Webtoon va o'yin qahramonlari, 3D o'yinlar hamda 3D animatsiya yaratish kabi turli xil dasturlarni taklif etadi.

Fakultet haqida:

Ta’lim tizimi 2+2
Ichki stipendiyalar
Koreyadagi Bucheon universiteti standartlari bo’yicha o‘qish
Koreyalik yuqori malakali o’qituvchilardan ta’lim olish
Ta’lim tili: rus/o’zbek

Boshqa shahardan kelib tahsil oluvchi talabalar uchun universitetning asosiy binosi hududida joylashgan shinam talabalar turar joyi beriladi.

Hujjatlarni topshirish

Ma’lumot uchun telefonlar: (+998) 78 150 40 02; (+998) 95 196 36 01

Ijtimoiy tarmoqlar: Telegram | Instagram |
| YouTube
2.2K views06:32
Ochish/sharhlash
2022-09-21 13:36:22
Apple bir qator mamlakatlarda App Store’dagi narxlarni 20-30 foizga oshiradi

Narx siyosatidagi o'zgarishlar rasmiy valyutasi yevro bo'lgan barcha mamlakatlarga, shuningdek, Shvetsiya, Janubiy Koreya, Chili, Misr, Malayziya, Pokiston, Vetnam va Yaponiyaga ta'sir qiladi.

Apple o'sish sababini aytmadi, lekin bu mahalliy valyutalarning dollarga nisbatan qadrsizlanishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Maʼlum qilinishicha, Chernogoriya bundan mustasno, yevrodan foydalanadigan barcha Yevropa mamlakatlarida App Store’dagi ilovaning bazaviy narxi 0,99 yevrodan 1,19 yevroga (taxminan 20 foizga o‘sgan) oshiriladi. Yaponiyada xarajatlarning maksimal o'sishi 30% ni tashkil qiladi.

Yangi narxlar 2022-yil 5-oktabrdan kuchga kiradi. Apple vaqti-vaqti bilan butun dunyo bo'ylab App Store do'konidagi o'z narxlari darajasini o'zgartiradi.

@ITmavzu
2.8K viewsedited  10:36
Ochish/sharhlash
2022-09-21 13:00:02
IT Park universitetida sifatli IT ta'lim oling!

O'qish muddati: 3 yil
Ta'lim tili: Ingliz Tili
Shartnoma qiymati: yiliga 9 000 000 so'mdan.

Qabul qilish talablari:
1. Sertifikat
2. Ingliz tilini bilish darajasi kamida IELTS 4.5 yoki unga tenglashtirilgan boshqa turdagi daraja.

Xalqaro sertifikatingiz bo'lmasa, bizning o'zimizda ingliz tili imtihonini topshirish imkoniyati mavjud.

Agar sizning ingliz tili darajangiz talablarga javob bermasa, siz tayyorlov kursga kirishingiz mumkin. Tayyorlov kursini muvaffaqiyatli tugatgandan so'ng, siz ITPU'ning birinchi kursiga avtomatik ravishda kirasiz.

Eng munosib talabalar Yevropa va AQShdagi EPAM ofislarida amaliyot o'tishadi

Ariza topshirish

@itpu_bot
@itpu_uz
+998555039999
2.6K views10:00
Ochish/sharhlash
2022-09-20 12:08:15
#Internship

Digital Internship dasturi bo'yicha amaliyotchilarni qidirmoqdamiz

Digital Internship dasturi doirasida biz 29 yoshgacha boʻlgan yosh ayollar, IT-yoʻnalishlari yoki tegishli texnik yo'nalishlar bo'yicha oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchi ayollari uchun amaliyot tashkil etmoqdamiz.

Dasturning maqsadi — raqamli ko'nikmalarni oshirish, IT-kompaniyalarda ish tajribasiga ega boʻlishni, shuningdek, amaliyot o'tayotgan kompaniyalarida keyinchalik ishga joylashish huquqini qoʻlga kiritishni xohlovchi ayollarga imkoniyat yaratishdir.

Agar siz eng yirik IT-kompaniyalarning bir qismi bo'lishni va amaliyot o'tashni istasangiz, quyidagi lavozimlardan biriga ariza topshirish imkoniyatini qo'ldan boy bermang:

Ma'lumotlar tahlili
Dasturlash
Sinovdan o'tkazish
Tizim boshqaruvi
Dizayn
HR
Call-markaz operatori
Loyihalarni boshqarish
SMM va kopirayterlik
va boshqalar

Muvaffaqiyatli kelajak sari biz bilan birga

Ro'yxatdan o'tish: https://bit.ly/3QUXAA7

@ITmavzu
2.9K views09:08
Ochish/sharhlash
2022-09-19 14:38:50
Elon Musk Starlink internet tarmog'i Yerning barcha qit'alarida mavjud bo'lganini e'lon qildi

18-sentabr, yakshanba kuni SpaceX Starlink uchun yana 54 ta kichik sun’iy yo‘ldoshni Yer orbitasiga olib chiqdi. Tashuvchi raketaning uchirilishi Kanaveral burnida mahalliy vaqt bilan 20:18 da bo‘lib o‘tdi. Uchirishdan 16 daqiqa o'tgach, kompaniya barcha 54 ta sun'iy yo'ldoshning joylashtirilganini tasdiqladi.

“Starlink tarmog‘i hozirda barcha qit’alarda, jumladan Antarktidada ham faol”, - dedi Mask. Kompaniya ma'lumotlariga ko'ra, Starlink sayyoramizning istalgan nuqtasida 5G standartiga mos keladigan sekundiga 1 gigabit trafik tezligi bilan Internetga kirishni ta'minlay oladi. 2019-yilning may oyidan beri SpaceX koinotga 3000 dan ortiq sun’iy yo‘ldoshlarni uchirdi. Starlink hozirda Shimoliy Amerika, Yevropa va Avstraliyadagi foydalanuvchilar uchun mavjud.

@ITmavzu
3.6K viewsedited  11:38
Ochish/sharhlash