Get Mystery Box with random crypto!

Texnologiyalar bilan bog`liq qiziqarli ma'lumotlar 1. Kompyut | IT-MAVZU

Texnologiyalar bilan bog`liq qiziqarli ma'lumotlar

1. Kompyuterda ishlayotganda 1 daqiqada o'rtacha 7 marta ko'zimizni yumib ochamiz va biz kompyuterda bo'lmaganimizda bu raqam 20 taga yetadi. Kompyuterda ko'zning qurishi aynan shu sababdir.

2. Oddiy ish kunida klaviaturada barmoqlarimiz bosib o'tgan masofa taxminan 20 km bo'lishiga nima deysiz?

3. Kompyuter ekranidan biror narsa o'qiyapsizmi? Sizning o'qish tezligingiz qog'ozda o'qishdan 10 foizga sekinroq.

4. Apple'ning eng mashhur mahsulotlaridan biri bo'lgan Macintosh haqiqatdan ham olma turidan "mcintosh" nomini oldi.

5. Siz iTunes ga a'zo bo'lish paytida qabul qilgan shartlarga muvofiq ravishda iTunes dan foydalanib yadro qurolini yasamaslik majburiyatini olgansiz.

6. Muntazam sizning telefoningiz vibratsiya beradimi? Ammo unga qaraganingizda hech qanday bildirishnoma yoki qo'ng'iroqlar yo'qligini ko'rasizmi? Siz yolg'iz emassiz va biz sizning tashxisingizni aytamiz: "Ghost Vibration Syndrome"

@ITmavzu