Get Mystery Box with random crypto!

🌐 Sardorbek.uz

Telegram kanalining logotibi isroilovsardorbek — 🌐 Sardorbek.uz S
Telegram kanalining logotibi isroilovsardorbek — 🌐 Sardorbek.uz
Kanal manzili: @isroilovsardorbek
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 275
Kanalning ta’rifi

Ushbu blogda siz
-Abituriyent va talabalar uchun beminnat
maslaxatlar va loyihalar;
-Ijtimoiy yangiliklar;
-Shaxsiy fikr-mulohazalar;
-Mashxur aforizmlar;
-Turli xil e'lonlar
bilan tanishishingiz mumkin.
Biz bilan aloqa uchun @ISardorbek_bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2021-01-28 22:10:32
JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN, AZIZ DINDOSHIM!

• Qiblaga yuzlanib shodlansa yurak,
• Shu onda rahmatin yog'dirsa falak,
• Ulug' zot bormi Allohdan bo'lak,
• Мusulmon ahliga juma muborak!

• Kunlarning shohidur "Juma" ayyomi,
• Shu sabab ulug'dur bu kunning nomi.
• Bugun sizga tilayman oltindan bir taxt,
• Allohim nasib etsin ilohiy bir baxt...


Do'stlaringizga ham ulashing:
T.me/IsroilovSardorbek
857 views19:10
Ochish/sharhlash
2021-01-28 17:06:32 «Poytaxtdagi 85 ta talabalar uyi atigi 13 foiz yoshlarni turar joy bilan ta’minlash imkoniyatiga ega» – Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarining talabalar turar joylariga e’tibor qaratish zarurligini qayd etdi

«So‘nggi to‘rt yil mobaynida oliygohlar soni 47 taga ortib, bugungi kunda 129 ta oliy o‘quv yurtida 500 mingdan ortiq talaba ta’lim olmoqda. Lekin birgina poytaxtdagi 85 ta talabalar uyi atigi 13 foiz yoshlarni turar joy bilan ta’minlash imkoniyatiga ega. Yoki 18 ming nafar talaba tahsil olayotgan Samarqand davlat universitetida bor-yo‘g‘i 1 ming 600 o‘rinli yotoqxona mavjud», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev, moliya hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirlari viloyat hokimlari bilan birga bir oy muddatda 2021–2023-yillarda «Talabalar uylari» tashkil etish dasturini hukumatga kiritish bo‘yicha topshiriq berdi.

Darvoqe, yaqinda kanalimiz orqali “Haqiqiy raqamlar” nomli post e'lon qilgandik. Unda poytaxtdagi oliy ta'lim muassasalarida tahsil oluvchi 13% talabanigina turar joy bilan ta'minlash mumkinligi qayd etilgan. Bu haqiqiy raqamlar esa kecha davlat rahbari tomonidan ham aytildi.

Prezidentga haqiqiy raqamlar yetib borganidan, talabalarni qiynayotgan eng katta muammoga davlat rahbari darajasida e'tibor qaratilganidan, albatta, xursand bo'ldik. Bu borada talabalarning muammolarini o'rgangan, ularni eshitgan va talabalar turar joyi masalasida o'z takliflarini kiritgan Yoshlar ishlari agentligiga minnatdorchilik bildiramiz! Bunda agentlikning xissasi juda katta bo'ldi.

Masofa ta'lim
470 views14:06
Ochish/sharhlash
2021-01-28 15:58:51 2021/2022 o‘quv yilidan abituriyentlar cheklanmagan tarzda ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin

Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid KARIMOV O‘zA muxbiriga bergan intervyusida ma’lum қилди.

2021/2022 o‘quv yili qabulidagi test sinovlarida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini yaratiladi.

Bunda to‘plagan ballari bilan tanlov bosqichida abituriyent avvalgidek 5 tagacha emas, balki test sinovi topshirgan fanlar majmui mos keladigan cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi mumkin bo‘ladi va o‘qishga kirish imkoniyati keskin oshadi.

Avvalo aytish kerakki, 3 yil oldin, 2018 yilgacha abituriyentlar bor-yo‘g‘i faqat bitta ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin edi. 2019 yilda bu ko‘rsatkich 3 ta ni, 2020 yilda esa 5 tani tashkil etdi. Bunda avvalo “cheksiz tanlov” iborasi xohlagan ta’lim yo‘nalishini tanlashni anglatmaydi va bunday o‘zgarishni joriy etish uchun test sinovi topshiriladigan fanlarga, ularning ketma-ketligidan qat’i nazar, bir xil ball berilishi talab etiladi.

Kengroq tushuntirilganda, “cheksiz tanlov” faqat test sinovi topshiriladigan fanlari bir xil bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari doirasida amal qiladi, deydi DTM rahbari Majid Karimov. Do'stlaringizga ham ulashing:
T.me/IsroilovSardorbek
620 viewsedited  12:58
Ochish/sharhlash
2021-01-27 20:51:42
O‘zLiDeP deputati ko‘targan mavzu bugun selektorda Prezident tamonidan tilga olindi.

BAXROM RAXMONALIYeV;

Bugun, 27 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlarning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev talabalarni turar joy bilan ta’minlash masalasiga alohida to‘xtalgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:
T.me/IsroilovSardorbek
403 viewsedited  17:51
Ochish/sharhlash
2021-01-27 20:10:42 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tanlov eʼlon qiladi!

Qadrli yoshlar!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining logotipini yaratish boʻyicha vazir buyrugʻi imzolandi.

Oʻz ijodingiz va kreativ gʻoyalaringiz bilan Apple iPhone 12 Pro Max smartfoniga ega boʻlishni qoʻldan boy bermang!

Tanlovda texnikum, akademik litseylar oʻquvchilari va talabalar hamda 30 yoshgacha boʻlgan tadqiqotchilarimiz ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov shartlari:
-vazirlikning faoliyati va ahamiyatini falsafiy ifoda etish;
-betakror badiiy yechim va kreativ yondashuvga ega boʻlishi hamda undan ramz sifatida foydalanish mumkinligi;
-zamonaviy, oʻziga xos, oson tanib olinadigan va noanʼanaviy shaklga ega boʻlishi lozim.

Tanlovga loyihalar taqdim etish tartibiga koʻra:
har bir ishtirokchi tanlovda faqat bitta loyiha taqdim etishi mumkin;
logotip loyihasi formati – 10 Mb gacha, ikki koʻrinishda – PNG va JPG formatda logo@edu.uz elektron pochta manziliga yuborilishi talab etiladi.

Logotip Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida tashkil etilgan Hakamlar hayʼati tomonidan koʻrib chiqiladi.

Tanlovda loyihalar bir bosqichda 2021-yil 1-fevraldan 25-fevral soat 23:59gacha qabul qilinadi.

Gʻolib 2021-yil 2-martda eʼlon qilinadi.


Do'stlaringizga ulashing:
T.me/IsroilovSardorbek
635 views17:10
Ochish/sharhlash
2021-01-26 20:59:40 Aziz talaba-yoshlar!!!

Ijtimoiy tarmoqlarda ba'zi Oliy ta'lim muassasalarida Covid-19ga chalinganligi to'g'risidagi xabarlari eshitib qolmoqdamiz. Shu sababli, barchadan o'zi haqida qayg'urishi kerakligini aytib o'tmoqchiman, karantin qoidalariga qat'iy Amal qiling: Tibbiy niqobsiz yurmang, niqoblarni tez-tez almashtirib yuring, qo'llaringizni antiseptik vositalar bilan dezinfektsiya qilib yuring.

Siz Yurtimizning umidli ziyolisi, barchaga o'rnak bo'la oladigan salohiyatli farzandisiz. O'zingizni asrang!!!

Sixat-salomatlik sizni va yaqinlaringizni tark etmasin!!!

T.me/IsroilovSardorbek
439 viewsedited  17:59
Ochish/sharhlash
2021-01-26 08:25:43 Xitoyda koronavirus bilan kasallanishning yangi holatlari ro‘y bermoqda. 19 yanvardan xorijiy mamlakatlardan Pekin shahriga keladiganlar uchun karantin muddati 28 kungacha uzaytirildi — O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi. Do'stlaringizga ham ulashing: T.me/IsroilovSardorbek
461 viewsedited  05:25
Ochish/sharhlash
2021-01-25 05:43:52
Doktor Xaus serialidan parcha.
Islomdan boshqasida mantiq ko‘rmadim!
Najot faqat Islomda...
T.me/IsroilovSardorbek
800 viewsedited  02:43
Ochish/sharhlash
2021-01-24 21:17:24
Prezident matbuot xizmati Buxoroga tashrifga oid juda qiziq reportaj tayyorlabdi.

-Qarsaklar haqida tilloga teng fikrlar;

-Honadonga oyoq kiyimini yechib kirib ayrim raxbarchalarga o'rnak bo'lgan birinchi Raxbar!;

-Vaziyatni tezda nazorat qilgan uddaburon buvi!

Do'stlaringizga ham ulashing:
T.me/IsroilovSardorbek
1.4K viewsedited  18:17
Ochish/sharhlash
2021-01-22 18:41:06 Oliy o‘quv yurtlari uchun davlat grantlari soni 25 foizga oshiriladi

O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish va o‘qish tizimini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Ya’ni 2021-yilgi Davlat dasturi loyihasiga asoslanib Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi va Davlat test markazi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyungacha oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarida ball to‘plagan abituriyetlar to‘g‘risida ochiq ma’lumotlarni taqdim etadigan yagona elektron registrni shakllantiradi.

Budjet joylari ko‘proq bo‘ladi
Oliy o‘quv yurtlari uchun davlat grantlari sonini 25 foizga va ehtiyojmand oilalar qizlari uchun davlat grantlari sonini 2 baravarga oshirish, shuningdek, mutaxassislarni tayyorlash uchun xususiy oliy o‘quv yurtlariga davlat grantlarini ajratish tizimini joriy etish rejalashtirilgan.

Prezident granti
2021-2022 o‘quv yilidan boshlab oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarida maksimal ball to‘plagan 200 nafar yoshlarga O‘zbekiston Prezidentining granti joriy etiladi.

Ilmiy darajalar
2021-yil 1-sentabrdan nufuzli bazaviy oliy o‘quv yurtlarining ilmiy kengashlariga ilmiy darajalar va ilmiy unvonlarni berish vakolatlarini bosqichma-bosqich o‘tkazish rejalashtirilgan.

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga uch oy muddatda ilmiy darajaga ega kadrlar tayyorlash va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida Prezident qarori loyihasini kiritish topshirilgan.

Bizni kuzatishda davom eting: T.me/IsroilovSardorbek
1.4K views15:41
Ochish/sharhlash