Get Mystery Box with random crypto!

🌐 Sardorbek.uz

Telegram kanalining logotibi isroilovsardorbek — 🌐 Sardorbek.uz S
Telegram kanalining logotibi isroilovsardorbek — 🌐 Sardorbek.uz
Kanal manzili: @isroilovsardorbek
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 275
Kanalning ta’rifi

Ushbu blogda siz
-Abituriyent va talabalar uchun beminnat
maslaxatlar va loyihalar;
-Ijtimoiy yangiliklar;
-Shaxsiy fikr-mulohazalar;
-Mashxur aforizmlar;
-Turli xil e'lonlar
bilan tanishishingiz mumkin.
Biz bilan aloqa uchun @ISardorbek_bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-02-09 17:16:45
Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov gul berishga jalb qilinadigan talaba qizlar bo‘yicha munosabat bildiribdi:

«Eng yomon ko‘rganim shu, xorijdagi mehmonlarni kutib olish (fon) uchun nega mening gul qizlarim gul ko‘tarib chiqishi kerak? U yerga ham o‘zingizning farzandingizni qo‘yib ko‘ring. Bu bo‘yicha alohida buyruq qilamiz. Buni majburiy mehnatga tenglashtiramiz. Bu majburiy mehnatning bir ko‘rinishi. Ya’ni u qizlar xohlab borayotgani yo‘q. Sovuqda, darsdan chiqib, to‘garakka borish kerak bo‘lgan vaqt yoki dam olish vaqti adras ko‘ylakni kiyib, gul ko‘tarib borish qaysi qizga yoqadi? Bo‘lmagan narsa u. Tarjimon bo‘lsa tushunaman, turizmda o‘qisa tushunaman.

Stadionni to‘ldirish uchun ham talaba, fon uchun ham talaba, festival bo‘lsa ham talaba... Hamma joy huquqiy qolipga tushishi shart. Talaba o‘qishi kerak. Kerak bo‘lsa to‘yib uxlashi kerak, talabaning shaxsiy hayotiga aralashishga haqqimiz yo‘q».
P/s: Ajoyib mulohazalar. Shunchakli respect! @IsroilovSardorbek
863 viewsedited  14:16
Ochish/sharhlash
2021-02-07 08:20:52 2021-yilda test sinovlari 5 ta fandan amalga oshiriladi.

“Oliy ta'lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomilashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida 2021/2022 o'quv yili qabulidan boshlab test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasini ikki bo'limga ajratib, birinchi bo'limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan — ona tili (o'zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O'zbekiston tarixi, ikkinchi bo'limga abiturient tanlagan bakalavriat ta'lim yo'nalishiga mos ikkita fanni kiritish belgilangan.

DTM bosh boshqarma boshligʻi Farhod Mirzayev Xpress.uzga bergan intervyusida O’zbekistonda test jarayonllari 5 ta fandan bo'lishini tasqidladi. To’planadigan maksimal ball esa 280.5 ball hisoblanadi. Uning 30 foizi esa 84,15 boladi.
Demak shundan xulosa qilish mumkinki, tabiiyki, bu yil to'planishi lozim bo’lgan 30 foizlik davlat standarti o`zgaradi. 56,7 ball o’z ahamiyatini yo’qotadi.

Ushbu holatni o’qishini ko’chirmoqchi bo’lgan talabalarga qanday aloqasi bor

"Oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish, talabalar o'qishini ko'chirish, qayta tiklash, va o'qishdan chetlashtirish tartibi to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlash to'g'risida"gi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga binoan:

Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish va ko‘chirib qayta tiklash istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarda tashkil qilingan komissiyalarda o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim muassasalarining muayyan ta’lim yo‘nalishidagi o‘qishga kirish fanlari bo‘yicha o‘qiydigan tilida maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradilar.
Demak universitetlarga kirishda abiturentlar qaysi fanlardan imtixon topshirsa, o'qishni ko’chirish niyatidagi talabalar ham o’sha fanlardan imtixon topshiradilar. Ular uchun ham test jarayonida to’planishi mumkin bo’lgan ball 280.5 hisoblanadi.

Ushbu ma’lumotlar o’qishini ko’chirish jarayonida 56,7 ball to’plasam bo’ldi deb yurgan talabalar uchun bir ogohlantirish bo’ladi degan umiddamiz.

Kanalimiz: @IsroilovSardorbek

Guruhimiz:@Isroilov_Sardorbek
574 viewsedited  05:20
Ochish/sharhlash
2021-02-07 07:58:49 #Psixalogiya

Hayotda yordam beruvchi 13 psixalogik ayyorlik

Shunday psixalogik ayyorliklar mavjudki, ularni qo'llab har doim insonlardan o'zingiz hoxlagan narsani olishingiz mumkin. Bugun ana shunday psixalogik ayyorliklar haqida ma'lumot beramiz. Marhamat!

Suhbatdoshingizning javobi sizni qoniqtirmasa — misol uchun u nimanidir oxirigacha aytmadi, tushunarsiz yoki yolg‘on gapirdi. Bu haqda undan qayta so‘rash kerak emas. Buning o‘rniga jimgina va diqqat bilan uning ko‘zlariga qarang, bunday usul unga imkoniyat qoldirmaydi va u o‘z fikrini davom ettirishga majbur bo‘ladi.

Agar sizga kimdir baqirsa, kuch bilan o‘zingizni bosing va xotirjamlikni saqlang, vazmin bo‘ling. Baqiroq odamning birinchi ta’siri g‘azabingizni keltirish, lekin u ko’p o’tmay tezda so‘nadi. Keyin esa ikkinchi vaziyat yuzaga keladi, kishining g‘ashiga tegadigan muomalasi va tajovuzkorligi uchun aybdorlik hissi uyg‘onadi. Qarapsizki, aynan baqirayotgan odam sizdan kechirim so‘raydi.

Biron kishi sizni tanqid (tanbeh yoki haqorat) qilishini oldindan bilsangiz, dadillik bilan uni yoniga o‘tirib yoki turib oling. Bunday vaziyatda u yumshaydi, sizga nisbatan salbiy munosabati biroz kamayadi.

Insonni taom yeyishi xotirjamlik va xavfsizlik bilan bog‘liq. Shu sababli biz qadrdon uyimizda ko‘proq ovqatlanishga harakat qilamiz. Agar siz asabiylashayotgan bo‘lsangiz, saqich chaynang: chaynash ta’sirida miya aldanadi, siz esa o‘zingizni dalil va xotirjam his qilasiz.

Imtihonda talabalar foydalanadigan eski va tekshirilgan usul, o‘qituvchi yaqin va qadrdon do‘stingizdek tasavvur qiling, o‘shanda javob berishingiz osonlashadi, o‘zingizni osoyishta his qilasiz. Bu usul boshqa vaziyatlarda ham qo‘l keladi. Masalan, uni muhim uchrashuv yoki suhbatlarda qo‘llasa bo‘ladi.

Ulfatlar davrasida hamma birdaniga kulsa, beihtiyor ularning har biri yaqin bo‘lishni istagan, o‘ziga yoqqan odamga qaraydi. Shuning uchun hazil-huzuldan so‘ng nigohlarni ilib olishga harakat qiling – shunda ko‘p narsa ayon bo’ladi.

Tanish inson bilan uchrashganda unga munosabatingizni quvonch bilan izhor eting: misol uchun samimiy tabassum qiling yoki muloyimlik bilan ismini ayting. O‘shanda vaqt o‘tishi bilan suhbatdoshingizga ancha yaxshi munosabatda bo‘la boshlaysiz va uchrashuv shodligi samimiy bo‘ladi.

Agar ishingiz odamlar bilan bog‘liq bo‘lsa, ularni yanada xushmuomila va muloyim bo‘lishga “majburlash” mumkin: hamsuhbatingiz aksini ko‘rishi uchun orqa tomonga oyna qo‘yib qo‘ying. Qoidaga ko‘ra, biz oynada o‘zimizni chiroyli ko‘rsatishga harakat qilamiz, badjahl va yomon qiyofada bo‘lishni istamaymiz.

Yoqimtoy inson e’tiborini tortish uchun uning yelkasi orqasidagi to‘g‘rima-to‘g‘ri turgan narsaga razm solib qarang. Uning nigohini o‘zingizga qaraganini sezishingiz bilan tezda ko‘ziga qarang va yengilgina kuling – bu albatta ish beradi!

Biz o‘z stress holatlarimizni nazorat qila olishimiz mumkin: agar siz qattiq tashvishlansangiz, nafasingiz tezlashsa va yuragingiz sanchishni boshlasa, o‘zingizni xotirjam nafas olishga majburlang va ovozingizni vazminlashtiring. Bu haqiqatdan kuchga ega.

Birinchi uchrashuvdayoq insonni jalb qilish va uning e’tiboriga tushish uchun, tanishayotganda shunchaki ko‘z rangini bilib oling: nigoh orqali aloqa yaratiladi.

Talab va shart qo‘yishdan oldin dastlab o‘z qadringizni oshiring. Boshida sherigingiz bunga rozi bo‘lmaydi va rad etadi. Lekin mavjud sharoitni taklif etsangiz u 100 foiz ko‘nadi. Ilgari siz kattaroq narsadan voz kechgan bo‘lsangiz, odamlar undan kamroq narsadan voz kechishga moyil.

Insonlar o‘ziga va ishiga ishonganlarga intilishadi, shu sababli nima haqida gapirayotgan bo‘lsangiz o'zingizni o‘shani qila oladigandek ko‘rsating (aslida bunday bo‘lmasa ham ;) ).

Do'stlaringizga ham ulashing:
T.me/IsroilovSardorbek
489 views04:58
Ochish/sharhlash
2021-02-07 07:30:49
Fransiya konfrensiyasiga maqolalar qabul qilish rasman boshlandi!

Qisqa vaqt ichida maqolalar google scholar bazada indexsatsiya qilinayotganligini ko'rishingiz mumkin!

oxirgi muddat: 27-Fevral

Konferensiya nomi: 4 td International Multidisciplinary Scientific Confrence

Konferensiya joyi: Paris, France

Konfrensiyada barcha sohalar bo'yicha maqolalar qabul qilinadi!

Maqola hajmi va talablar!
3-8 bet, Times new roman 14 shrift, 1.5 interval qilib beriladi!

Maqola yuborish tillari: rus, ingliz, nemis, uzbek

Barcha maqolalarga bepul DOI raqam beriladi va google scholar bazada indexsatsiya qilinadi!

Har bir chop qilingan maqola uchun bepul sertifikat taqdim qilinadi. Tayyor maqolangiz bo'lmasa yoki maqola yoza olmasangiz murojaat qiling yordam beramiz.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun: @Bek_arslon @IsroilovSardor
371 viewsedited  04:30
Ochish/sharhlash
2021-02-05 20:51:02
Havo keskin sovub ketishi kutilyapti. Extiyot choralarini ko'ring azizlar! Yaqinlaringizni ogohlantiring

T.me/IsroilovSardorbek
506 viewsedited  17:51
Ochish/sharhlash
2021-02-05 20:45:22
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jayev Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulovdan mamlakatga keladigan xalqaro mehmonlarni kutib olish va kuzatish davrida jonli dekoratsiya vazifasini bajarish uchun 50 nafar talaba-qiz so'ragan.

Hokimning talabiga ko'ra, qizlarning bo'y-basti, tashqi ko'rinishi, tarbiya va odobiga e'tibor berilishi kerak ekan. Qizlarning ro'yxati bugun, 5-fevralgacha topshirilishi so'ralgan.

Oliy ta'lim muassasalarida qizlar moniken sifatida foydalanish uchun emas Yurtimiz ravnaqi yo'lida o'z xissasini qo'shish, o'z mutaxassisligini professional o'rganish uchun taxsil olishadi.

P/s: Lanatlayman va qoralayman

T.me/IsroilovSardorbek
424 viewsedited  17:45
Ochish/sharhlash
2021-02-05 18:16:17 Muvaffaqiyatsiz inson shiorlari?

• Ertaga boshlarman ...
• Bu mening aybim emas ...
• Ularni omadi kelgan ...
• Senga aytishga oson ...
• Qoʻlimdan kelmaydi ...
• Rosa charchadim ...
• Vaqtim yoʻq ...
Do'stlaringizga ulashing: T.me/IsroilovSardorbek
387 views15:16
Ochish/sharhlash
2021-02-04 07:58:50 5ta fandan test sinovlariga oid hozirgacha ma’lum bo‘lgan barcha ma’lumotlar

2021 yilda 5ta fandan test bo‘ladi. Aslida bu tartib 2020 yil bo‘lishi kerak edi, ammo pandemiya sabab ortga surildi. Agar Xudo ko‘rsatmasin, kelasi yil ham o‘ta katta fors-major holat bo‘lmasa, unda 99,9% ehtimol bilan kelgusi yil 5ta fandan test bo‘ladi. Bu haqdagi qoida ancha oldin Prezident қарорида belgilangan;

Hozircha ma’lum bo‘lgan qoidalar quyidagilar:

Majburiy fanlar bloki (barcha uchun tushadi):

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;
Matematika - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;
O‘zbekiston tarixi - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 94.5 ball.

Ona tili va O‘zbekiston tarixi fanidan 1 daqiqagacha, matematikadan - 1,5 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

Ta’lim yo‘nalishiga mos mutaxassislik blokidagi fanlar (yo‘nalishiga qarab o‘zgaradi):

1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan;
2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 186 ball.

Asosiy blokdagi 2 ta fan uchun jami 2 soat vaqt beriladi.

ballarni hisoblash tizimida o‘zgarish bo‘lmaydi, avval qanday bo‘lsa, shundayligicha qoladi. Ya’ni har bir blokdan to‘plangan ballar qo‘shilib, umumiy ballni tashkil etadi va abituriyentlar mana shu 5 ta blokdan to‘plagan bali bo‘yicha o‘zaro kurashadi (joriy yil 2ta blokning umumiy bali olindi). Eng maksimal ball 280,5 ball bo‘ladi;

ayrim yo‘nalishlarda majburiy blokdagi fan bilan maxsus blokdagi fan bir xil bo‘lib qolishi mumkin. Masalan, matematika yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyent majburiy blokda ham, mutaxassislik blokida ham matematika fanidan test ishlaydi. Bu ikkalasining asosiy farqi —majburiy blokdagi savollarning barchasi soddalashtirilgan, eng oson darajada bo‘ladi, mutaxassislik blokidagi savollar esa turli murakkablikda (oson, o‘rtacha, qiyin) bo‘ladi;

5ta fandan test bo‘lishga oid tartib, faqat davlat OTMlariga taalluqli. Shu paytgacha bo‘lgani kabi, bu yangi tartib harbiy, diniy, xususiy, nodavlat va xorijiy OTMlarga aloqador emas;

3ta majburiy fan magistratura uchun taalluqli emas;

3+2 ko‘rinishdagi ushbu tartib bakalavriatning barcha ta’lim shakllari (kunduzgi, sirtqi, kechki) uchun birdek qo‘llanadi;

majburiy blokda ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) fanidan tushadigan 15ta savol ichida Adabiyot fanidan test savollari bo‘lmaydi;

majburiy blokda O‘zbekiston tarixi fanidan tushadigan 15ta savol ichida Jahon tarixidan test savollari bo‘lmaydi;

majburiy blokda Matematika fanidan tushadigan 15ta savol ichida Geometriyaning faqat 5-6-sinf dasturlarida bor mavzularidan savollar bo‘ladi, 7-11-sinflar darsligidan savol bo‘lmaydi. Батафсил.

Mutaxassislik blokida esa Matematikadan tushadigan 30 ta savol ichida Geometriyaning barcha sinflar uchun mo‘ljallangan mavzularidan savollar bo‘ladi;

majburiy blokda ham, mutaxassislik blokida ham Matematika fanidan tushadigan savollar ichida informatikadan test savollari bo‘lmaydi;

mutaxassislik blokdagi 2ta fan uchun joriy yilgi test sinovlarida qo‘llangan fanlar majmuasi olinishi kutilmoqda. Masalan, tibbiyot yo‘nalishlari uchun biologiya va kimyo. Moliya-iqtisod yo‘nalishlari uchun matematika va chet tili. Va h.k;

kelgusi yilda qaysi yo‘nalishda qaysi fanlardan test savollari bo‘lishi hozircha rasman tasdiqlanmadi;

test savollari tushadigan darsliklar ro‘yxati мана бу ерда e’lon qilindi. Manba: Xushnudbek.uz Abituriyentlarga ulashing: @IsroilovSardorbek
557 viewsedited  04:58
Ochish/sharhlash
2021-02-03 18:38:17 #Stipendiya #Savol-javob Savol: 1-fevraldan ish-haqqi va pensiyalar oshirildi stipendiyalar-chi? Javob: Ha, stipendiyalar miqdori ham oshirildi unga ko'ra: davlat granti asosida, shuningdek, bir yillik o'qitish qiymatining stipendiyali to'lov-kontrakt asosida ta'lim olayotgan, barcha fanlar bo'yicha faqat "a'lo" o'zlashtirish ko'rsatgichiga (reyting ko'rsatgichi 86 ball va undan yuqori) ega bo'lgan talabalar uchun - 564 960 so'm; Davlat granti, shuningdek, stipendiyali to'lov-kontrakt asosida ta'lim olayotgan talabalar uchun bazaviy stipendiya - 470 800 so'm. Do'stlaringizga ham ulashing: T.me/IsroilovSardorbek
535 viewsedited  15:38
Ochish/sharhlash
2021-02-02 12:20:20 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab OTMga kirish imtihonlarida 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi inobatga olinadi. Bu boradagi hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga қўйилди Do'stlaringizga ulashing: T.me/IsroilovSardorbek
447 viewsedited  09:20
Ochish/sharhlash