Get Mystery Box with random crypto!

«Poytaxtdagi 85 ta talabalar uyi atigi 13 foiz yoshlarni turar | 🌐 Sardorbek.uz

«Poytaxtdagi 85 ta talabalar uyi atigi 13 foiz yoshlarni turar joy bilan ta’minlash imkoniyatiga ega» – Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarining talabalar turar joylariga e’tibor qaratish zarurligini qayd etdi

«So‘nggi to‘rt yil mobaynida oliygohlar soni 47 taga ortib, bugungi kunda 129 ta oliy o‘quv yurtida 500 mingdan ortiq talaba ta’lim olmoqda. Lekin birgina poytaxtdagi 85 ta talabalar uyi atigi 13 foiz yoshlarni turar joy bilan ta’minlash imkoniyatiga ega. Yoki 18 ming nafar talaba tahsil olayotgan Samarqand davlat universitetida bor-yo‘g‘i 1 ming 600 o‘rinli yotoqxona mavjud», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev, moliya hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirlari viloyat hokimlari bilan birga bir oy muddatda 2021–2023-yillarda «Talabalar uylari» tashkil etish dasturini hukumatga kiritish bo‘yicha topshiriq berdi.

Darvoqe, yaqinda kanalimiz orqali “Haqiqiy raqamlar” nomli post e'lon qilgandik. Unda poytaxtdagi oliy ta'lim muassasalarida tahsil oluvchi 13% talabanigina turar joy bilan ta'minlash mumkinligi qayd etilgan. Bu haqiqiy raqamlar esa kecha davlat rahbari tomonidan ham aytildi.

Prezidentga haqiqiy raqamlar yetib borganidan, talabalarni qiynayotgan eng katta muammoga davlat rahbari darajasida e'tibor qaratilganidan, albatta, xursand bo'ldik. Bu borada talabalarning muammolarini o'rgangan, ularni eshitgan va talabalar turar joyi masalasida o'z takliflarini kiritgan Yoshlar ishlari agentligiga minnatdorchilik bildiramiz! Bunda agentlikning xissasi juda katta bo'ldi.

Masofa ta'lim