Get Mystery Box with random crypto!

Islomov She'rlari...

Telegram kanalining logotibi islomov_sherlar — Islomov She'rlari... I
Telegram kanalining logotibi islomov_sherlar — Islomov She'rlari...
Kanal manzili: @islomov_sherlar
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 31
Kanalning ta’rifi

Admin bilan bog'lanish
👉 @Islomov_Jaloliddin 👈

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2020-02-27 22:56:40 ​Ajib o'ylarimning, ajib birida,
Minglab o'ylarimning minglab sirida,
O'ylasam yurakning tubi, qirida,
Qirqqa yetmasdan o'lsam netaman?

Yetmasdan niyatlar, maqsadlarimga,
Qilingan poymonlar yo axdlarimga.
Chiqmasdan ko'zlagan joy-taxtlarimga,
Qirqqa yetmasdan o'lsam netaman?

Termulib o'tardim sochim oqiga,
To'ymasdan qarilik diydor chog'iga,
Yuzlarim to'lmasdan ajin dog'iga,
Qirqqa yetmasdan o'lsam netaman?

Bilmadik, qanchalar ko'pdir gunohim,
Yetkanmi Xudoga namoziy ohim,
Bizlarni kechirgin Robbim-Allohim,
Qirqqa yetmasdan o'lsam netaman?

Muallif: Mamatxon Mahmudov

Kanallga ulanish
@Islomov_Sherlar
585 views19:56
Ochish/sharhlash
2020-02-21 02:12:43Erkak

Go'zallikning asl gadosi
Tugamaydi mexrin adosi
Ko'pdir balki qilgan xatosi
Muxabbatsiz kuni o'tmaydi
Erkak sha'ni yerda yotmaydi

Oldirmaydi luqma oshini
Ko'rsatmaydi to'kkan yoshini
Tog'dan baland tutar boshini
Quyosh g'arbdan sharqqa botmaydi
Erkak sha'ni yerda yotmaydi

Mardlik ato etgan diliga
Xudo risqin bergan yo'liga
Qaram emas birov qo'liga
Joning sotar siring sotmaydi
Erkak sha'ni yerda yotmaydi

Egildik-u sinmadik turdik
Ozmi ko'pmi hayotni ko'rdik
Quyon emas yashaymiz sherdek
Qulog'imdan shu so'z ketmaydi
Erkak sha'ni yerda yotmaydi

Kanallga ulanish
@Islomov_Sherlar
555 viewsedited  23:12
Ochish/sharhlash
2020-02-13 10:46:30 ​Oʻlsam... ( tanlovga )

Bemahal kelsa gar yuragimga dard,
Azroil qoʻl siltab tutsa bilakdan.
Doʻstlarim dod solib yigʻlasin harchand,
Oʻlsam onam yigʻlar faqat yurakdan.

Yigʻlasa parilar yigʻlaydi uch kun,
Umrining behuda oʻtgani uchun,
Mening deb yurakdan sachratib uchqun,
Oʻlsam onam yigʻlar faqat yurakdan.

Kecha doʻst deganlarim qabrga qoʻyib,
Unutar qabrimdan yetti yoʻl yurib,
Hech biri qadrimni bilolmas, suyib
Oʻlsam onam yigʻlar faqat yurakdan.

Menga oshno erur lolaqizgʻaldoq,
Dardimni tinglaydi doʻstimdan koʻproq,
Dunyoni tebratib yigʻlaydi, biroq
Oʻlsam onam yigʻlar faqat yurakdan.

Tuprogʻim ustidan chiqar maysalar,
Jononlar "oʻldi" deb kechib ketsalar,
Qabrimni chetidan turtib oʻtsalar,
Oʻlsam onam yigʻlar faqat yurakdan.

Dod solar dunyoni titratib jondan,
Kechgaydir mening deb bir hum qonidan,
Yoshini oqqizib qabrim yonidan,
Oʻlsam onam yigʻlar faqat yurakdan.

Ruhimga duolar qilguvchi oʻzi,
Mening deb dunyodan kechguvchi oʻzi,
"Oʻrningga men ketay" deguvchi oʻzi,
Oʻlsam onam yigʻlar faqat yurakdan.

Bir zotki men uchun yashaydi doim,
Men ketsam asragin uni xudoyim,
Jannatning bogʻida yursam, iloyim
Oʻlsam onam yigʻlar faqat yurakdan.

Muallif: Doniyor Xaydarov

Kanallga ulanish
@Islomov_Sherlar
547 views07:46
Ochish/sharhlash
2020-02-11 19:13:00 O‘tdik sevgi sabridan
Kuydik ishqning jabridan
Sog'inchlarni zarbidan
To‘yib kel yonimga

Sevgim ayta ayta
Mendek telba qayda
Yana qayta qayta
Sevib kel yonimga

Sochlaringni silayin
Sog‘inchni hech bilmayin
Kutushimni atayin
Bilib kel yonimga

Baxtni qilay tortiq
Kerakmas sendan ortiq
Tegdiku jonimga
Kelib ket yonimga

Kulib kel yonimga
To‘lib kel yonimga
Sen faqat meniki
Bo‘lib kel yonimga

Kanallga ulanish
https://t.me/Islomov_Sherlar
505 viewsedited  16:13
Ochish/sharhlash
2020-02-08 08:24:28 ​Hurmatli talabalar!
(Yigitlar va Qizlar)
"RESPECT group" hamda "INTV" hamkorlikda ilk bor!
Talabalikning eng qiziqarli va kulguga boy bo'lgan daqiqalarini kameraga muxrlash maqsadida yangi "TALABA live" loyihasiga taklif etamiz!

Iqtidoringni nomoyon qil! va sen birinchilardansan!

Murojaat uchun:
@talaba_live
+99893 624 24 98

@qvz_respect
478 views05:24
Ochish/sharhlash
2020-02-07 23:14:19 Assalomu alaykum xayrli kech barchaga tanlov o'z nixoyasiga yetib bormoqda g'olibni esa arzimas bo'lsada kitob bilan taqdirlamoqchiman zero ijodkorga bundan yaxshi sovg'a bo'lmasa kerak

Kanallga ulanish
@Islomov_Jaloliddin
412 views20:14
Ochish/sharhlash
2020-01-26 15:30:15 ​Tanlovga

Sizni bugun tushumda ko‘rdim
Uyg‘onishni istamadim hech
Ishon hatto tushlarimda ham
Yuragimni tirnadi sog‘inch

Tushlarimda yonizda turib
Ko‘zlarizga boqar edim Jim
Tanishardik suhbatlashardik
Yuragimni qilib ming tilim

Senchi hamon usha nigoh va
Hamon usha mehrli ko‘zlar
Tinglaganni aqlin oluvchi
Usha shirin sehrli so‘zlar

Nigohingga tushganda ko‘zim
Ko‘z yoshimni tuxtatolmadim
Ammo kulib turgan ko‘zingdan
Ko‘zlarimni uza olmadim

Sizni deya yashagan ruhni
Zurga tutib turardi jism
U chi sizga talpinar har dam
Quchmoq uchun so‘rardi izn

Hayqirardim ovozsiz har dam
Sog‘inchimni qilardim izhor
Nega degan savolingdan so‘ng
Ko‘z yoshlarim oqdi shashqator

Ishon seni juda sog‘indim
Ko‘niksamda qizg‘onmaslikka
Gar tushumda baxtli etolsang
Rozi edim uyg‘onmaslikka

Muallif: Shahnoza To‘xtayeva

Kanallga ulanish
@Islomov_Sherlar
604 views12:30
Ochish/sharhlash
2020-01-24 16:45:56 ​Tanlovga

Ko'zlaringa bo'lgandim shaydo,
Porlab turgan qora ko'zlarga.
Hayajondan titrardi tanam,
Sevgim sig'mas edi so'zlarga.
Aldamayman, borin aytaman,
Betakrorsan, go'zalsan chindan.
Ehtimol shu go'zallik uchun,
Yurak chiqayozgandi qindan.
Lek bu hayot beshafqat ekan,
Biri kamda azaldan dunyo.
Go'zal chehra beribdi-yu, lek,
Go'zal qalb ham bermabdi Xudo.
Kimlarningdir sof tuyg'usini,
Mazax qilib yanchib ketasan.
Boshqalar ham sen kabi inson,
Qachon shuni anglab yetasan?!
Sen osmonda balki oydirsan,
Oy ham ko'kda safo qilmaydi.
Chiroyinga ko'p ishonmagin,
O'tkinchidir, vafo qilmaydi.
Sevgim yo'lin berkitdi qalbing,
G'ururimni toptading, malak.
Lekin bildim endi sevishni,
Ishq yo'lida bo'lmayman halak.
Mayli, gulim, sog' bo'l, omon bo'l,
Chin qalbimdan tilayman oq yo'l!

Muallif : Samandarova Farangiz

Kanallga ulanish
@Islomov_Sherlar
1.6K views13:45
Ochish/sharhlash
2020-01-22 20:52:18Hammaga salom tanlov kundan kunga qiziq tusga kirib boryabdi bundan juda ham xursandman endi esa e‘tiboringiz bir daqiqaga qaratishingizni so‘rab qolardim
Muallif :kamina

Yutamiz deb yurgandik
Intiq bo‘lib ko‘rgandik
Ex deyishga o‘rgandik
Futbol ko‘rmayman endi

O‘zbek degan sharafga
To‘p tepip har tarafga
Yutqazdikku Arabga
Futbol ko‘rmayman endi

Nima bo‘ldi bolalar
Qilmang endi nolalar
O‘ldi asab tolalar
Futbol ko‘rmayman endi

Shu ham o‘yin bo‘ldimi
Yutish qiyin bo‘ldimi
Afsus kiyin bo‘ldimi
Futbol ko‘rmayman endi

Endi boks ko‘raman
Shunda baxtli bo‘laman
Nima qilsam qilaman
Futbol ko‘rmayman endi

Hafa bo‘lmang so‘zimga
Yoshlar to‘ldi ko‘zimga
So‘z berdim o‘z o‘zimga
Futbol ko‘rmayman endi
Albatta hazil
Kanallga ulanish
@Islomov_Sherlar
735 views17:52
Ochish/sharhlash
2020-01-22 10:24:09 ​Tanlovga

Taqdir menga duchor etgan suyukli yor,
Yuragimga to abad sen olov solgin.
Javobini topmagan bir savolim bor:
Meni yaxshi ko'rasanmi, ayta qolgin.

Mening jon-u jahonimsan, yuragimsan,
O'zgalardan o'zing ko'proq keragimsan,
Javobingni kutmoqdaman, nega jimsan?!
Meni yaxshi ko'rasanmi, ayta qolgin.

Vujudimni o'rtar yuz-ming shubha, gumon,
Do'st-u ag'yor nigohlari yor, biz tomon,
Javobing ayt, ko'nglim taskin topsin shu on,
Meni yaxshi ko'rasanmi, ayta qolgin.

Jonim so'ra, qo'llaringga tutay jonim,
Sen-la baxtli o'tar, bilsang, har bir onim,
"Ha" desang bas, qolmagaydir hech armonim,
Meni yaxshi ko'rasanmi, ayta qolgin.

☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆

"Hech bir narsa mamlakatni sportchalik tez dunyoga mashxur qila olmaydi."
Islom Karimov.
O'zbekiston xalqimiz,
Hur, guliston xalqimiz.
Bizni elga tanitgan
Sportchilar - faxrimiz.
Qanday qo'rqmas, bahodir,
Qarang, nelarga qodir.
Qadrli, bebahodir,
Sportchilar - faxrimiz.
Raqibdan kelib ustun,
Ko'rsatib qo'yar kuchin,
Aziz Vatani uchun,
Sportchilar - faxrimiz.
Bellashuvdan tolmaydi,
Dilga qayg'u solmaydi,
Sira ortda qolmaydi,
Sportchilar - faxrimiz.
Butun dunyo tan olar,
Kimlar hayron, lol qolar,
Faxr tuyg'usin solar
Sportchilar - faxrimiz.
Qadam bosar mardona,
So'zi gavhar, durdona,
Der: "Vatan - ota-ona",
Sportchilar - faxrimiz.
Matonati mustahkam,
G'alabasi bir bayram,
Azimaxon der har dam:
Sportchilar - faxrimiz.

Muallif :AZIMA SAMATOVA

Kanallga ulanish
@Islomov_Sherlar
770 views07:24
Ochish/sharhlash