Get Mystery Box with random crypto!

​Tanlovga Ko'zlaringa bo'lgandim shaydo, Porlab turgan qora | Islomov She'rlari...

​Tanlovga

Ko'zlaringa bo'lgandim shaydo,
Porlab turgan qora ko'zlarga.
Hayajondan titrardi tanam,
Sevgim sig'mas edi so'zlarga.
Aldamayman, borin aytaman,
Betakrorsan, go'zalsan chindan.
Ehtimol shu go'zallik uchun,
Yurak chiqayozgandi qindan.
Lek bu hayot beshafqat ekan,
Biri kamda azaldan dunyo.
Go'zal chehra beribdi-yu, lek,
Go'zal qalb ham bermabdi Xudo.
Kimlarningdir sof tuyg'usini,
Mazax qilib yanchib ketasan.
Boshqalar ham sen kabi inson,
Qachon shuni anglab yetasan?!
Sen osmonda balki oydirsan,
Oy ham ko'kda safo qilmaydi.
Chiroyinga ko'p ishonmagin,
O'tkinchidir, vafo qilmaydi.
Sevgim yo'lin berkitdi qalbing,
G'ururimni toptading, malak.
Lekin bildim endi sevishni,
Ishq yo'lida bo'lmayman halak.
Mayli, gulim, sog' bo'l, omon bo'l,
Chin qalbimdan tilayman oq yo'l!

Muallif : Samandarova Farangiz

Kanallga ulanish
@Islomov_Sherlar