Get Mystery Box with random crypto!

​Tanlovga Sizni bugun tushumda ko‘rdim Uyg‘onishni istamadim | Islomov She'rlari...

​Tanlovga

Sizni bugun tushumda ko‘rdim
Uyg‘onishni istamadim hech
Ishon hatto tushlarimda ham
Yuragimni tirnadi sog‘inch

Tushlarimda yonizda turib
Ko‘zlarizga boqar edim Jim
Tanishardik suhbatlashardik
Yuragimni qilib ming tilim

Senchi hamon usha nigoh va
Hamon usha mehrli ko‘zlar
Tinglaganni aqlin oluvchi
Usha shirin sehrli so‘zlar

Nigohingga tushganda ko‘zim
Ko‘z yoshimni tuxtatolmadim
Ammo kulib turgan ko‘zingdan
Ko‘zlarimni uza olmadim

Sizni deya yashagan ruhni
Zurga tutib turardi jism
U chi sizga talpinar har dam
Quchmoq uchun so‘rardi izn

Hayqirardim ovozsiz har dam
Sog‘inchimni qilardim izhor
Nega degan savolingdan so‘ng
Ko‘z yoshlarim oqdi shashqator

Ishon seni juda sog‘indim
Ko‘niksamda qizg‘onmaslikka
Gar tushumda baxtli etolsang
Rozi edim uyg‘onmaslikka

Muallif: Shahnoza To‘xtayeva

Kanallga ulanish
@Islomov_Sherlar