Get Mystery Box with random crypto!

Psixologik travmaning ham darajalari mavjud bo'lib yengil hola | Mushtariy Abdullayeva/Psixolog

Psixologik travmaning ham darajalari mavjud bo'lib yengil holatlarda o'z ustingizda ishlab ham undan xalos bo'lishingiz mumkin. Albatta bu jarayon oson kechmaydi, lekin tez orada harakatlaringiz o'z samarasini beradi. Shunday bo'lsada, ba'zi holatlarda mutaxassisdan yordam olish zarur. Ularni quyida keltirib o'tamiz:
- Uyda yoki ishda vazifalarni bajarishda jiddiy muammolarga duch kelish;
- Uzoq vaqt davomida kuchli qo'rquv, xavotir va depressiyadan aziyat chekish;
- Qo'rqinchli xotiralar, yomon tushlar tufayli kechalari bosinqirash;
- Travmani eslatuvchi har qanday narsadan o'zini chetga olish;
- Ba'zan emotsional jihatdan karaxt bo'lib qolish, boshqalar bilan aloqani uzish
- O'zini yaxshi his qilish maqsadida ichkilikka, narkotik moddalar iste'moliga ruju qo'yish va boshq.
Agar sizda ushbu holatlarning birortasi mavjud bo'lsa, mutaxassisga murojaat qilishni kechiktirmang.

@islomiypsixologiya_uz
kanaliga ulanish

https://t.me/+oHQQIqk8g_lj