Get Mystery Box with random crypto!

﷽ Psixologlar lug'atidagi mashxur so'z -'travma' nima? Uning | Mushtariy Abdullayeva/Psixolog



Psixologlar lug'atidagi mashxur so'z -"travma" nima? Uning ruhiy salomatlikka qanday ta'siri bor?


Psixologik travma yoki mental travma insonning tushkunlikka tushishiga sabab bo'ladigan hodisalar, zo'ravonlik, falokatlar, tabiat ofatlari kabi hodisalarga bo'lgan emotsional javobidir. Qisqa muddatli psixologik shok travmaga misol bo'la oladi. Ammo uzoq muddatli reaksiyalar ham mavjud bo'lib, ular beqaror emotsional holat, o'zaro munosabatlardagi muammolar yoki fiziologik simptomlar, bosh og'rig'i, ko'ngil aynishini o'z ichiga oladi. Tadqiqot natijalariga ko'ra psixiatrik bemorlarning 61% muammolariga travmatik hodisalar sabab bo'lgan.
Psixologik travmada ham insonning individual xususiyatlari ahamiyatlidir. Masalan, hayotda ma'lum salbiy voqea hodisadan kimdir qattiq tushkunlikka tushsa ham unda psixologik travma paydo bo'lmasligi mumkin. Ammo ba'zilar huddi shunday voqea-hodisa tufayli psixologik travma orttirib oladilar.
Travmaning yana shunday jihati borki, o'tmishdan psixologik travma olgan insonlarning hammasi ham bundan qiynalmasligi mumkin ya'ni ayrimlar travma bilan bemalol baxtli yashashlari mumkin. Huddi shu paytda travma boshqa insonning hayotiga jiddiy xavf solishi mumkin.

@islomiypsixologiya_uz
kanaliga ulanish

https://t.me/+oHQQIqk8g_lj