Get Mystery Box with random crypto!

Menimcha, xulosa shuki, davlat umuman sanoat siyosatini yuriti | Iqtisodchi Kundaligi

Menimcha, xulosa shuki, davlat umuman sanoat siyosatini yuritishi kerak emas. Ayniqsa davlat qobiliyatlari (state capacity) yuqori boʻlmasa.

Sanoat siyosati deganda davlat qaysidir iqtisodiyot yoki sanoat sohalarini ustuvor deb tanlab oʻsha yerga sarmoya kiritishiga aytiladi. Yaʼni moliyaviy resurslarni qayerga borishini, qaysi korxonalarga berishini bozor mexanizmlari emas, davlat byurokratlari hal qilishi. “Sanoat siyosati” doimo va har yerda yaxshi niyatlar bilan qilinadi, lekin natijalari koʻrib turganingizdek. Menimcha, Oʻzbekistondagi samaradorlikni, shu bilan birga daromadlarni keraklicha oʻsmasligini taʼminlagan Karimov iqtisodiyot modelining katta xatolardan biri — bozorning oʻrniga davlat resurslarni taqsimlashida edi. Menimcha, SSSR qulaganini 32 yil boʻlganini inobatga olib, rejalashtirilgan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga oʻtishni boshlash jarayoniga start bersak boʻlar edi.

Bir necha yuz ishchi joyi yaratish uchun, soliq toʻlovchilar hisobidan besh yuz million dollar sarf qilishni oqlash ancha qiyin boʻlib qolishi kerak. Yaʼni “ishchi joylarini” byudjet orqali yaratish gʻoyasi ham, menimcha tugashi kerak. “Importni oʻrnini bosish” gʻoyasi kabi “ishchi joylarini byudjet orqali yaratish” gʻoyasi ham — ishlamaydigan lekin nihoyatda siyosatchilarga yoqadigan gʻoya.

Shuning uchun bunday holatlarda aybdor qandaydir uddaburon shaxs emas, bunga yoʻl qoʻygan tizim. Chunki uddaburon shaxslar roʻyxati cheksiz. Biri boʻlmasa, boshqasi keladi.

IMHO