Get Mystery Box with random crypto!

Boshqa maqsadda bir xujjatni o’qiyotgan edim, ko’zimga tushgan | Iqtisodchi Kundaligi

Boshqa maqsadda bir xujjatni o’qiyotgan edim, ko’zimga tushgan joylaridan iqtiboslar:

Oʻzbekistondagi ayollarning deyarli yuz foizi va erkaklarning toʻqson foizi eri ishlamasa ham, uyda ayol uy yumushlari bilan shugʻullanishi kerak deb hisoblashar ekan.

Oʻzbekistonda erkaklarning yetmish yetti foizida va ayollarning oltmish ikki foizida mobil telefoni bor ekan.

Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil oladigan 100ta erkakka 84 nafar ayol kishi toʻgʻri keladi. Har 100ta ilm-fan bilan shugʻullanuvchi erkakka 63ta ayol toʻgʻri kelar ekan.

16-24 yoshdagi Oʻzbekistonliklar orasida hech qayerda oʻqimaydigan va hech qayerda ishlamaydiganlar 24%. Ayollar orasida bu koʻrsatkich 38,2% — erkaklarda esa 9.5% ekan.

2020 yil paxta terimida dala ishchilarining oltmish besh foizini ayollar tashkil etdi.

Manba