Get Mystery Box with random crypto!

IBRAT Bir yigit shayxga shunday dedi:           Ayolimni yoq | Habibatiy

IBRAT

Bir yigit shayxga shunday dedi:
    
     Ayolimni yoqtirib qolganimda Alloh taolo dunyoda uningdek go'zalni boshqa yaratmagandek edi.
     U bilan unashtirilgach unga o'xshash ko'plab ayollarni ko'ra boshladim.
    Turmush qurdik, so'ng ko'pgina undan go'zalroq ayollarni ko'rdim.
    U bilan bir necha yil yashaganimizdan keyin esa barcha ayollar ayolimdan ko'ra yoqimliroq ko'rina boshladi.

Shayx:

– senga bundan ham yomoni nima ekanini aytaymi?
– ha
– agarda dunyodagi barcha ayollarga uylanadigan bo'lsang ham ko'chadagi daydi itlar ko'zinga ulardan chiroyliroq bo'lib ko'rina boshlaydi.
– nega unday deysiz? - dedi yigit biroz jilmayib
– chunki muammo sening ayolingda emas, muammo shundaki, agar insonga ochko'z qalb, o'ynoqi ko'z berilgan bo'lsa Allohdan hayo qilmaydi va uning ko'zlarini (Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek:

"Odam bolasining koʼzlarini faqatgina tuproq toʼldiradi, Alloh tavba qiluvchilarning tavbalarini qabul qiladi")
faqatgina qabr tuproqlari to'ydiradi xolos.
    Ey yigit, bilki, sendagi muammo Alloh harom qilgan narsadan koʼzingni tiymasligingdandir. Ayolingni yana avvalgidek eng goʼzal bo'lib koʼrinishini hohlaysanmi?
– ha
– unday boʼlsa koʼzlaringni tiygin.

@inta_habibatiy