Get Mystery Box with random crypto!

“ULAR AYOL HURRIYATINI EMAS, BALKI AYOLGA YETISHISH HURRIYATIN | Habibatiy

“ULAR AYOL HURRIYATINI EMAS, BALKI AYOLGA YETISHISH HURRIYATINI ISTAYDILAR”

Doktor Umar Abdulkofiy

"Islom ayolga nisbatan rahm-shafqatlidir, shuning uchun uni nafaqadan ozod etgan. U na farzandiga, na ota-onasiga, na eriga nafaqa qilmaydi, hatto oʻzi uchun nafaqa qilishi ham vojib emas, aksincha erining unga nafaqa qilishi vojibdir.

Islom dini ayolga nisbatan mehribondir, shuning uchun erkak kishiga u bilan xilvatta qolishi uchun mahrni toʻliq yoki nikoh shartnomasi tuzilishi bilanoq uning yarmini toʻlashni vojib qiladi.

Islom dini ayollarga rahm-shafqat qiladi, shuning uchun onangni, soʻngra onangni, soʻng yana onangni, keyin esa otangni hurmat qilgin deya ayol haqqini ikromlab eʼtirof etadi.

Islom dini ayollarga rahm-shafqat qiladi, shuning uchun u bilan birga qaytib kelguniga qadar uni qoʻriqlaydigan va xizmat qiladigan mahram topilmasa undan farz amal boʻlgan hajni ham soqit qiladi.

Islom dini ayolga nisbatan mehribondir, shuning uchun u hech qanday nafaqa yuklatilgan boʻlmasa ham, eridan, aka-ukasidan, bolalari va ota-onasidan meros oladi.

Islom dini ayolga rahm-shafqatlidir, shuning uchun unga oʻz shaʼni va farzandlarining nasl-nasabi uchun ayblanmasligi sababidan valisiz va guvohsiz turmush qurishni harom qiladi.

Islom dini ayollarga nisbatan mehribondir, shuning uchun uning shaʼniga tuhmat qilganlarni sakson darra urishni farz qiladi va u inson jamiyatda tanilib, guvohligi hech qachon qabul qilinmaydi.

Islomda ayollarga rahm-shafqat bor, shuning uchun kim uning shaʼnini saqlab qolish va himoya qilish uchun oʻldirilgan boʻlsa, uni shahid deya hukm qiladi.

Islom dini ayolga oʻlimidan keyin ham rahm-shafqat qiladi, shuning uchun uni faqat eri yoki oʻzi kabi ayollar yuvishi mumkin.

Islom ayolga rahm-shafqat qiladi, shuning uchun uni erkakning kafanlaridan koʻra koʻproq kafan bilan kafanlashni joriy qilib, uning muqaddasligi rioyasidan beshta kiyimda kafanlaydi”


@inta_habibatiy